Özbekiston Taşqi işlar vazirligi Ar-Riyod şahridagi podşoh Xolid nomidagi xalqaro aeroportga husiyçilar tomonidan amalga oşirilgan, begunoh insonlar halok bölişi va tinç aholi vakillari jarohatlanişiga olib kelgan mudhiş hujumdan çuqur qayğuda ekanini bildirdi va uşbu hujumni qatʼiy qoralab, bayonot berdi.
Şanba kuni Saudiya Arabistonidagi xalqaro aeroportga raketa zarbasi berilişi oqibatida 12 kişi halok bölib, 310 kişi jarohat olgan. Önlab yaradorlarning ahvoli oğirligi aytilmoqda. Qurbonlar orasida Saudiyadan taşqari AQŞ, Misr, Iordaniya, Falastin, Suriya va Sudan fuqarolari ham bor.
The New York Times naşri qayd etişiça, bu AQŞ va Isroil Eronga qarşi uruş boşlaşidan keyingi davrda mintaqadagi arab davlatiga qilingan eng ajalvor hujum böldi. Ikki kun oldin, 8-oktabrda ham uşbu aeroportga dron zarbasi oqibatida uç kişi, jumladan, Saudia aviakompaniyasi uçuvçisi halok bölib, bir neça kişi jarohat olgan, aeroport hududida turgan samolyot yonib ketgandi.
«Halok bölganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga taʼziya bildiramiz, uşbu fojiali voqea oqibatida jabrlanganlarga çuqur hamdardlik izhor etamiz. Jarohat olganlarning tezroq va töliq soğayib ketişini tilaymiz. Şuningdek, Saudiya Arabistoni podşohligining suvereniteti, hududiy yaxlitligi va xavfsizligini qatʼiy qöllab-quvvatlaşimizni yana bir bor tasdiqlaymiz.
Tinç aholi va fuqarolik infratuzilmasi obyektlariga hujumlar xalqaro huquq normalarining jiddiy buzilişi hisoblanadi va bunday harakatlar zudlik bilan töxtatilişi şart. Tinç aholi hayotini himoya qiliş va muhim infratuzilma obyektlari xavfsizligini taʼminlaş sözsiz ustuvor vazifa bölib qolişi lozim», – deyiladi TIV bayonotida.
Vazirlik bunday hujumlarni «zudlik bilan töxtatişga» çaqirgan: «Barça tomonlarni vazminlik körsatişga, keskinlikning yanada avj olişiga yöl qöymaslikka, kelişmovçiliklarni xalqaro huquq normalari va Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Nizomi tamoyillariga muvofiq, muloqot va diplomatik vositalar orqali hal etişga qatʼiy daʼvat etamiz».
«Özbekiston Respublikasi birodar Saudiya Arabistoni podşohligi xalqi va Hukumati bilan birdamligini izhor etadi hamda mintaqada tinçlik, barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlaşga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi», deya qöşimça qilgan Özbekiston TIV.
Bundan oldinroq Özbekistonning Saudiya Arabistonidagi elçixonasi ham mintaqadagi keskinlik fonida vatandoşlarni aviaqatnovlar jadvalidagi ehtimoliy özgarişlarni hisobga olişga va xavfsizlik qoidalariga rioya qilişga çaqirgandi.












