Yevropaning Euro NCAP taşkiloti 2016 yilda ötkazgan kraş-testlari natijasiga xulosa yasadi va uçta eng xavfsiz modelni tanlab oldi. Taşkilot ma'lumotiga köra, Toyota Prius va Hyundai Ioniq hamda ixçam Volkswagen Tiguan krossoveri eng xavfsiz avtomobillardir.
Umuman, joriy yilda Euro NCAP 18 ta yangi yengil avtomobilni va törtta «oğir kvadrosikllar» toifasiga mansub transport vositasini sinovdan ötkazgan. 2016 yilgi test yangi qoidasi ötkazilgan bölib, yakuniy natijaga piyodalar qarşisida favqulodda töxtaş tizimiga berilgan baho ham kiritilgan.
Bundan taşqari, Euro NCAP «ikki xil reyting» böyiça ham hujjat töldirgan. Bunda avtomobil işlab çiqaruvçilar ikki turdagi maşinani — arzon va barça xavfsizlik tizimlari bilan jihozlangan namunasini taqdim etişlari mumkin böldi.

«Katta oilaviy avtomobil» tasnifida yangi avlod Toyota Prius ğolib çiqqan. Euro NCAP taşkiloti qayd etişiça, modelning eng arzoni ham «Toyota Safety Sense» bilan jihozlangan. Bu tizim avtomobilning piyodani taniy olişi va old tomondan töqnaşuviga yöl qöymaydigan tizim hisoblanadi.
«Kiçik oilaviy avtomobil» tasnifidagi eng yaxşi transport vositasi sifatida Janubiy Koreya vakili ğolib çiqdi. Bu borada Hyundai Ioniq körsatkiçlarini takrorlaydigan topilmadi. Garçi, Euro NCAP modelning gibrid namunasini tekşirgan bölsa-da, yuqori natijalar Ioniq elektromobiliga ham tegişli ekanini ta'kidladi.

Nihoyat, «eng xavfsiz kiçik yöltanlamas» sifatida ikkinçi avlod Volkswagen Tiguan krossoveri tan olindi. Mutaxassislar, şuningdek, yangi Mercedes-Benz E-Class natijalarini ham «ajoyib» deb tavsiflaşgan. Şunga qaramay, «Vakillik avtomobili» tasnifidagi yetakçilik unga taqdim qilinmagan. Çunki u Euro NCAP tomonidan joriy yilda sinalgan öz toifasidagi yagona sedan bölgan.









