Bonnevil tuz kölida Hyundai Ioniq gibridi tezlik rekordini örnatdi va seriyali model negizida qurilgan dunyodagi eng tez gibrid avtomobil böldi. Ikkita zayezd natijasiga köra, avtomobilning örtaça tezligi 253,9 km/soatni, maksimal tezligi esa 258,6 km/soatni taşkil qildi. Uşbu rekord natija FIA tomonidan qayd qilindi.

Seriyali Hyundai Ioniq tarkibiga 1,6 litrli benzinda işlovçi, 105 ot kuçiga ega dvigatel va 43,5 ot kuçiga ega elektrodvigatel kiruvçi kuç qurilmasi, litiy-polimer akkumulyatorlar va olti poğonali robotlaştirilgan uzatmalar qutisi bilan jihozlanadi. Bunday avtomobil 0 dan 96 km/soat tezlikkaça 10,8 soniyada erişadi. Uning maksimal tezligi 185 km/soatni taşkil qiladi.

Muhandislar maşinaning poyga versiyasini yaratişda havoni sovitiş tizimini va boşqa qöşimça qurilmalarni olib taşlab, yangi kiritiş-çiqariş tizimini örnatişdi, motor va uzatmalar qutisini boşqariş elektron blokini qayta dasturlaşdi hamda azot zakisi tizimini qöşişdi.

Şuningdek, podveska qayta işlandi, xavfsizlik karkasi, öt öçiriş tizimi, olti nuqtali xavfsizlik kamari "kovşi" va avtomobilni sekinlatuvçi paraşyut örnatildi.