Yangiyöl tumanida, joriy yilning 23 oktabr kuni 1984 yilda tuğilgan Yegor Komlev (keltirilgan ism-familiyalar özgartirilgan) mast holda  uyi oldida özaro janjallaşib, mahalladoşi 1990 yilda tuğilgan Baxtiyor Şirinbekovga ötkir tiğli jism bilan urib, unga tan jarohati yetkazgan. 

Toşkent viloyati Içki işlar boşqarmasi axborot xizmatining xabar berişiça, natijada jabrlanuvçi oğir tan jarohati olib, şifoxonaga yotqizilgan. 

Uşbu holat yuzasidan Yegor Komlevga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan (qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) jinoyat işi qözğatildi. Tergovni IIB olib bormoqda.