Toşkent viloyati, Yangiyöl şahrida göştini yeyiş uçun itini öldirgan fuqaro uşlandi. Bu haqda Toşkent viloyati IIBB xabar berdi.
Qayd qilinişiça, hodisa haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabar tarqalgaç, IIBB tomonidan örganilgan. Holat 2025 yil sentabr oyida Yangiyöl şahri «Sabo» mahallasida yaşovçi, 27 yoşli fuqaro tomonidan sodir etilgani aniqlangan.
Ta’kidlanişiça, u içki işlar organlari xodimlari tomonidan uşlangan. Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksning 111-moddasi bilan hujjatlar rasmiylaştirilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatilişça, hayvonlarga nisbatan şafqatsiz munosabatda böliş, ularning ölimiga yoxud mayib bölişiga olib kelsa — BHM ön baravarigaça miqdorda jarima yoki ön beş sutkagaça ma’muriy qamoqqa sabab böladi.
Avvalroq, Yangiyölda fuqaro öz itini göşti uçun öldirgani haqida «Mehr va oqibat» hayvonlarni himoya qiliş jamiyati xabar bergan edi. Ma’lumotlarga köra, fuqaro bunday harakatlarni doimiy ravişda amalga oşirgan.













