“Taraqqiyot strategiyasi” Markazi taşabbusi bilan taşkil etilgan yangi – «Iqtisodiy Gazeta» ijtimoiy-iqtisodiy gazetasining taqdimot marosimida ana şunday fikrlar bildirildi.
18 noyabr kuni “Taraqqiyot strategiyasi” Markazi taşabbusi bilan taşkil etilgan “Iqtisodiy Gazeta” ijtimoiy-iqtisodiy gazetasining taqdimoti bölib ötdi. Birinçi soni 5 ming nusxada çop etilgan uşbu naşrni 2018 yildan boşlab 30 – 35 ming nusxada çop etiş közda tutilgan.
– Hozir yurtimizda milliy iqtisodiyot rivojlanib, tadbirkorlarning yangi qatlami şakllanayapti, – deydi gazeta boş muharriri. – Ularga jahonda röy berayotgan iqtisodiy özgarişlar, yangiliklar haqida tezkor ma'lumotlar yetkazib beriş nihoyatda muhimdir. Tan olişimiz kerak, bugun uy yoki ofisidan çiqmay xabar tayyorlaydigan jurnalistlar davri ötdi. Biz jurnalistlardan xalq orasida yurib, yutuqlar, ulkan natijalar bilan birga odamlar dardini eşitiş va dolzarb masalalarni hal etişga hissa qöşiş talab etilayapti. Mamlakatimizning «Xalq sözi», “Pravda Vostoka” “Özbekiston ovozi” singari otaxon naşrlaridan har qança örgansak arziydi. Ammo biz dunyo tan olgan Financial Times, Vedemosti, Kommersant' singari gazetalar darajasiga yetişni öz oldimizga maqsad qilib qöydik. Çunki bugun matbuot uçun yurtimizda keragiça şaroitlar yaratib berildi.
Bundan foydalanmasak, öquvçilarni gazeta öqimaslikda nohaq ayblab yuraversak, ba'zi naşrlarga öxşab 2-3 ming nusxada çiqaveramiz. Vaholanki, bugungi yangilanişlar davri barça sohalar qatori milliy matbuotimizga ham öz salohiyati va iqtidorini namoyon etişga imkon berayapti.
Taqdimot marosimida “Taraqqiyot strategiyasi” Markazi ijroçi direktori Akmal Burxanov kerak bölsa uşbu gazetani haftada 2-3 marta çop etiş lozimligini, çunki har kuni biror muhim farmon va qarorlar qabul qilinayotganini qayd etib, ularning tub mohiyatini aholiga yetkaziş juda katta ahamiyat kasb etişini ta'kidladi.
Siyosiy şarhlovçi Quddus A'zam esa mamlakatimizda gazeta-jurnallar köpligini, ammo yurtdoşlarimiz xohiş-istagi va talabini qondirayotgan naşrlarga bölgan ehtiyoj yuqoriligiça qolayotganini aytdi. “Jamiyat” gazetasi boş muharriri Begzod Şukurov va Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi raisi örinbosari Dilşod Şoumarovlar iqtisodiy sohaga ixtisoslaşgan davlat tilidagi naşrga ehtiyoj sezilayotgan bir paytda “Iqtisodiy Gazeta”ning paydo bölişi bugungi kunning talabi, – dedilar.
“Mamlakatimizdagi özgarişlarni butun dunyo juda katta qiziqiş bilan kuzatayapti. Ayniqsa iqtisodiyotimizdagi özgarişlarga bölgan qiziqiş nihoyatda baland. Şuning uçun ham 2019 yilda gazetaning rus va ingliz tilidagi naşrini yölga qöymoqçimiz. Umid qilamizki, gazetamiz iqtisodçilar, tadbirkorlar bilan hukumatimiz örtasidagi işonçli köprikka aylanadi”, – deya qöşimça qildi boş muharrir.
Yangi naşr Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham muxbirlik punktlarini oçmoqçi.

Mirodil Abdurahmonov
“Iqtisodiy Gazeta” ijtimoiy-iqtisodiy gazetasi boş muharriri haqida:
Mirodil Abdurahmonov Toşkent Davlat universitetini tamomlagan. 1981 yildan beri jurnalistika sohasida işlaydi. Uzoq yillar “Mulkdor” iqtisodiy gazetasi va “XXI asr” ijtimoiy-siyosiy gazetalarida boş muharrir vazifasida faoliyat olib borgan. “Şuhrat” medali bilan taqdirlangan.












