Qirğiziston prezidenti Almazbek Atamboyev Özbekiston xalq artisti, “Yalla” vokal-çolğu ansambli badiiy rahbari Farruh Zokirovni “Dostuk” (Döstlik) ordeni bilan taqdirladi.
Atamboyev şu munosabat bilan tegişli farmonni imzoladi. Unda Farruh Zokirov Qirğiziston va Özbekiston örtasidagi döstlikni mustahkamlaşga qöşgan ulkan hissasi uçun “Dostuk” ordeni bilan taqdirlanişi aytilgan.
Farruh Zokirov boşçiligidagi “Yalla” ansambli köplab davlatlarda maşhurlikka ega va xorijiy davlatlarga gastrollar uyuştirib turadi.
Ta'kidlaş joizki, Farruh Zokirov 1996 yilda Qirğiziston xalq artisti unvonini olgandi.
Farruh Zokirov, şuningdek, Qoraqalpoğiston Respublikasi (1993 yil), Qozoğiston (1995 yil), Tojikiston (2000 yil), Inguşetiya xalq artisti unvonlari bilan taqdirlangan.








