Moskva şahrining Simonov sudi Özbekiston fuqarosi bölgan ayolni beş yilga ozodlikdan mahrum qiliş haqida qaror çiqardi. U öz vatandoşining farzandini sotib yuborgan. Bu haqda Moskva prokuraturasi matbuot xizmati xabar bergan.

Ma'lum qilinişiça, Moskvaning Simonov tuman sudi Özbekistonning 59 yoşli fuqarosi Sabohat Ortiqovaga nisbatan oçilgan jinoiy iş böyiça ayblov qarorini çiqargan. Ayol tanişlarining farzandini sotib yuborgani uçun sudlandi.

Ayblanuvçi Moskva viloyatida özbekistonlik juftlik bilan tanişgan, ular 2016 yilning fevralida Özbekistonga jönab ketişlari çoğida Ortiqovaga özlarining ikki oylik öğillarini qoldirib ketişgan. Ortiqova bolaga oyiga 27 ming rubl evaziga qaraşga rozi bölgan. Oradan uç oy ötib esa ayol bolani sotişga qaror qilgan hamda bu borada boşqa bir tanişiga murojaat qilgan. Şundan söng huquqni muhofaza qiluvçi idoralar xodimlari voqeadan xabar topişdi.

2016 yilning 25 may kuni Ortiqova Lenin şohköçasidagi uçraşuv davomida bolani 120 ming rublga sotib yuborgan, şundan söng u politsiya xodimlari tomonidan qölga olindi.