Joriy yilning 24 dekabr kuni Toşkent şahar xalq deputatlari tuman Kengaşlariga saylov bölib ötadi. Mazkur saylov kampaniyasi 23 sentabrdan boşlangan. Bu haqda ÖzA xabar berdi.
Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşiga saylov ötkazuvçi şahar saylov komissiyasi raisi Hamid Karimovning sözlariga köra, hozir saylov kampaniyasi qizğin pallaga kirgan. Dasturga muvofiq, Toşkent şahrida taşkil etilgan tegişli tuman saylov komissiyalari 19 noyabrga qadar deputatlikka nomzodlarni röyxatga oliş böyiça öz yiğilişlarini ötkazdi. Röyxatga olinganlik töğrisidagi xabar yaqin kunlarda mahalliy matbuotda e'lon qilinadi.
Saylovda qatnaşayotgan barça siyosiy partiyalar va özini özi boşqariş organlari Toşkent şahrining 11 tumanida taşkil etilgan jami 330 ta saylov okrugiga bittadan nomzod körsatdi.
Saylov qonunçiligi talablaridan kelib çiqib, siyosiy partiyalardan körsatilgan deputatlikka nomzodlar umumiy sonining 30 foizidan ortiğini xotin-qizlar taşkil etdi.











