Ma'lum qilinganidek, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 fevralda qabul qilingan PQ-2796 sonli qaroriga muvofiq, joylarda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisining, viloyatlar hamda Toşkent şahri hokimlarining birinçi örinbosarlari boşçiligida Idoralararo komissiyalar tuzilgan va uşbu komissiyalarning işçi organi sifatida Davlat raqobat qömitasi hududiy organlari belgilangan.

Davlat raqobat kömitasi axborot xizmatining xabar berişiça, Navoiy viloyatida ötkazilgan xatlov natijasida 129 ta avval xususiylaştirilgan va böş turgan obektlar aniqlandi. Bugungi kunda viloyatdagi böş turgan obektlarning 103 tasi negizida investitsiya loyihalari işlab çiqilgan bölib, uşbu loyihalar böş turgan korxonalarni faoliyatini tiklanişiga turtki bölmoqda. Mazkur loyihalarni amalga oşiriş doirasida 255,6 mlrd. sömlik investitsiyalar özlaştirilişi va 1831 ta yangi iş örinlari yaratilişi közda tutilgan.

Bugungi kunga qadar viloyatda 35 ta korxona faoliyati qayta tiklanib, 342 ta qöşimça iş örinlari yaratildi. Mazkur korxonalarni işga tuşiriş uçun 146,0 mlrd. sömlik sarmoyalar kiritildi.

Jumladan, Karmana tumanida joylaşgan «Navoiy parrandaçilik fabrikasi», savdo-tayyorlov bazasi, «579-sonli xöjaliklararo köçma mexanizatsiyalaşgan kolonna», Navoiy şahrida joylaşgan «ELEKTROKIMYoZAVOD» AJ qöşma korxonasi, Qiziltepa tumanida joylaşgan «AZKAMAR» MÇJ bino inşootlari negizida zamonaviy xizmat körsatiş va işlab çiqariş obektlari işga tuşdi.

Masalan, Karmana tumanida joylaşgan «ELEKTROKIMYoZAVOD» AJ qöşma korxonasining böş turgan binosi negizida 200,0 mln.söm miqdorida kiritilgan sarmoya evaziga sulfid natriy (kukunsifat) mahsulotini işlab çiqariş yölga qöyildi. Bunda 12 ta yangi iş örni yaratildi. Uşbu korxona yiliga 500 tonna mahsulot işlab çiqariş quvvatiga ega.

Eslatib ötamiz, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 fevraldagi PQ-2796 sonli qaroriga muvofiq, qurilişi tugallanmagan obektlar va böş turgan işlab çiqariş maydonlaridan samarali foydalanişni ta'minlamagan, şuningdek, investitsiya loyihalarini öz muddatida amalga oşirmagan mulkdorlarga nisbatan ta'sir çoralari qöllanadi.