Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 8-sentabrdagi 476-son qarori bilan Navoiy viloyati «yaşil» texnikumi taşkil etilmoqda. Qaror 9-sentabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan.
Yangi taʼlim muassasasi prezidentning «Eko-madaniyat» umummilliy loyihasi doirasida ekologik taʼlim, ilm-fan va tarğibotni jadallaştirişga oid qarorini amalga oşiriş, şuningdek, «yaşil» iqtisodiyot uçun malakali örta böğin kadrlarini tayyorlaş maqsadida taşkil etilmoqda.
Texnikumning moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş va pedagoglarni moddiy qöllab-quvvatlaşda Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim özgarişini örganiş universiteti - Green Universityʼning byudjetdan taşqari mablağlari hamda Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi huzuridagi Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etiş davlat maqsadli jamğarmasi mablağlaridan foydalanişga ruxsat berilgan.
Texnikumda nimalarga öqitiladi?
Texnikumning asosiy vazifalaridan biri mehnat bozori hamda «yaşil» iqtisodiyot ehtiyojlaridan kelib çiqib malakali örta böğin mutaxassislarini tayyorlaş böladi.
Öquvçilarda energiya samaradorligi, resurslardan oqilona foydalaniş, çiqindilarni boşqariş va ekologik madaniyat könikmalari şakllantiriladi. Öquv dasturlariga «yaşil» könikmalarga oid mavzular kiritiladi.
Şuningdek, «yaşil» texnologiyalarni joriy qilgan korxona va taşkilotlar bilan dual taʼlim asosida kadrlar tayyorlaş yölga qöyiladi. Taʼlim jarayoniga soha, korxona va taşkilotlarning amaliyotçi mutaxassislari, oliy taʼlim muassasalarining professor-öqituvçilari hamda xorijiy mutaxassislar jalb qilinadi.
Nufuzli xorijiy taʼlim taşkilotlari bilan hamkorlikda qöşma taʼlim dasturlari asosida mutaxassislar tayyorlaş ham nazarda tutilgan.
Öqiş grant va kontrakt asosida böladi
Qarorga köra, texnikum Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy taʼlim agentligi tizimidagi davlat muassasasi şaklidagi kasbiy taʼlim taşkiloti hisoblanadi.
Texnikumga umumiy örta taʼlim muassasalari bitiruvçilari belgilangan tartibda davlat granti va tölov-kontrakt asosida qabul qilinadi. Öquv jarayoni boşlanğiç, örta va örta maxsus kasbiy taʼlim dasturlari asosida taşkil etiladi.
Bundan taşqari, mehnat bozori ehtiyojlari, fuqarolar murojaatlari va iş beruvçilar takliflari asosida qisqa muddatli kurslar ham taşkil qilinadi. Ular kasbiy va qöşimça kompetensiyalarni rivojlantiriş, malaka beriş hamda xorijiy tillarni öqitişga yönaltiriladi.







