PayPal tölov xizmati asosçisi Piter Til dengizda “erkin odamlarning suzib yuruvçi şahri” qurişni rejalaştirmoqda. Şaharni 2020 yilgaça barpo etiş rejalaştirilmoqda.
Şahar tomonlari 50 metrdan keladigan kvadrat va beşburçakli suzuvçi platformalardan mozaika prinsipi böyiça yiğiladi. Betondan yasalgan platformalar 3 qavatli binoning oğirligini kötara oladi. Butun şahar katta tölqinlar va kuçli şamoldan himoyalaniş maqsadida balandligi 50 metr keladigan devor bilan örab olinadi.
Suzuvçi platformalarda turar joy binolaridan taşqari, dökonlar, mehmonxona va restoranlar böladi. Bundan taşqari, akvafermalar, tibbiyot va tadqiqot muassasalari hamda elektrogeneratorlar joylaştiriladi. Seasteading Institute uşbu şahar qurilişini 2019 yildan keç bölmagan muddatda boşlamoqçi. Birinçi suzib yuruvçi şaharda 250-300 kişi yaşay oladi.

Uşbu antiqa şahar özining texnologik vazifasidan taşqari, yana bir maqsad – mustaqil va öz-özini boşqaruvçi jamiyat maketini yaratişni közlagan. Seasteading Institute prezidentining prognoziga köra, agar loyiha muvaffaqiyatli çiqsa, unda okeanda 2050 yilga kelib minglab şunday şahar-davlatlar vujudga keladi.








