Uzbek.life jamoasi xorijdagi vatandoşlarimiz bilan suhbatlarni davom ettiradi. Navbatdagi suhbatdoşimiz AQŞdagi nufuzli PayPal kompaniyasi dasturçisi Oğabek Yöldoşev.

Litseyda öqib yurgan vaqtlarim 7,5 IELTS olganman

Xorazm viloyatida tuğilganman, lekin 5-6 yoşlarimda Toşkentga köçib kelganmiz. Litseyda öqib yurgan vaqtlarim 7,5 IELTS olganman va öşa paytdayoq öquv markazida ingliz tilidan dars berişni boşlaganman. 

Toşkentdagi Vestminster universitetida “Business information system” yönalişida, undan keyin AQŞda “Computer science” böyiça magistraturani ham tamomlaganman. Dasturçilik sohasida 5 yillik iş tajribasiga egaman. Hozir PayPal kompaniyasida “Software engineer” sifatida işlayman.

Bolaligimda diplomat bölişini xohlardim

Magistraturada tahsil oliş va tajriba orttiriş uçun Qöşma Ştatlar men uçun eng yaxşi tanlov bölgan deb bilaman. Sababi, bu mamlakatda IT sohasi juda yaxşi rivojlangan. Bakalavrda olgan bilimlarimni mustahkamlaş uçun ham öqişimni davom ettirişim kerakligini tuşunib yetganman. 

Oçiği, menda dasturlaş sohasiga qiziqiş Vesiminster universitetida tahsil olayotgan vaqtimda paydo bölgan. Bolaligimda esa diplomat bölişini xohlardim. Lekin şuni tuşundimki, kun kelib maqsadlar ham, rejalar ham özgarib ketişi mumkin. Dasturçilik sohasi yangilik yaratiş bilan boğliqligi uçun ham menga yoqadi. 

Bir kunda Miçigandagi kompaniyadan iş topganman

AQŞda magistraturaning birinçi yili davomida yaxşi öqisangiz, ya’ni barça talablarni bajarsangiz, 2-kursdan sizga masofaviy öqişga ruxsat berişadi. Sizda işlaş imkoniyati paydo böladi. Ta’lim jarayonida işga kiriş va intervyudan yaxşi  ötiş uçun pedagoglar talabalarni tayyorlab borişadi. Qiziqarlisi, bir kunda Miçigan ştatidagi örta darajadagi kompaniyadan iş topganman. Ya’ni, Job intervyudan ötib, işga qabul qilinganman. Suhbat davomida asosan dasturlaş böyiça bilimlarimni tekşirişgan, bundan taşqari jamoa bilan işlay oliş qobiliyatim, til biliş darajam va muammolarni qanday hal qilişim haqida söraşgan.