Toşkent yoşlar forumi doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vaziri Şerzod Şermatov yoşlar bilan oçiq muloqot ötkazdi.
Vazir oçiq muloqotda PayPal bilan boğliq vaziyatga, xususan, uşbu tölov tizimi nima sababdan Özbekistonga kirmaganiga izoh berdi.
«Haqiqatan ham PayPal tizimida Özbekiston yöq. Bunga, menimça, Özbekistonda uzoq yillar davomida konvertatsiya tizimining işlamagani va şu kabi boşqa sun’iy tösiqlar sabab bölgan deb öylayman. Aynan şu sabablar tufayli PayPal Özbekistonni öz röyxatidan çiqarib taşlagan bölişi mumkin.
Bizning vazifamiz Markaziy bank, Moliya vazirligi va boşqa tegişli taşkilotlar bilan tizimga Özbekistonni ham qöşişdan iborat. Bu borada özgarişlar böladi degan umiddaman», – dedi AKT vaziri Şermatov.
Bundan oldinroq, Kun.uz bilan suhbatda PayPal’ning özbekistonlik dasturçisi Oğabek Yöldoşev PayPal Özbekistonga kirmaganining 2 sababini keltirgandi. U biznes muhiti va ehtiyojning yuqoriligi hamda infrastruktura masalasini asosiy muammolar qatorida sanadi.
Dasturçi ma’lumotlarni yiğib beriş Özbekiston hukumati zimmasida qolayotgani bois infrastruktura masalasida Özbekiston tomoni oqsayotgan bölişi mumkinligini istisno etmagandi.
Eslatib ötamiz, Markaziy bank 2020 yil oktyabrda PayPal bilan boğliq vaziyatga izoh berib, PayPal faoliyatiga çeklovni Özbekiston örnatmaganini, kompaniya özi mamlakatga kiriş niyati yöqligini bildirdi. 2021 yilning may oyida ham bu borada yangilik yöqligi ma’lum qilindi.












