Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jazoni ötaş muassasalari huzurida davlat unitar korxonalarini taşkil etiş töğrisida”gi qarori e'lon qilindi.

Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligining jazoni ijro etiş muassasalari huzurida işlab çiqariş va qişloq xöjaligi faoliyatini amalga oşiradigan davlat unitar korxonalarini ilovaga muvofiq röyxat böyiça taşkil etiş töğrisidagi taklifiga rozilik berildi.

Belgilanişiça, jazoni ijro etiş muassasalari davlat unitar korxonalarining muassislari hisoblanadi.

Jazoni ijro etiş muassasalari davlat unitar korxonalarini yuqori malakali menejyerlar, mutaxassislar, muhandis-texnik va işlab çiqariş xodimlari bilan ta'minlaydilar.

Quyidagilar taşkil etiladigan davlat unitar korxonalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

işlab çiqariş va qişloq xöjaligi faoliyatini, jumladan, işlab çiqarişni modernizatsiya qiliş orqali rivojlantiriş, mavjud salohiyatdan samarali foydalaniş va ozodlikdan mahrum etilgan şaxslarning mehnat bilan bandligini ta'minlaş;

işlab çiqariş va qişloq xöjaligi faoliyatida işlarni taşkil etişning zamonaviy şakl va uslublarini, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qöllaş;

uskunalar va boşqa texnikadan foydalaniş, moddiy-texnika va yoqilği-energetika resurslarini tejaş samaradorligini oşiriş, uskunalarni saqlaş, ularni joriy ta'mirlaş va ulardan foydalaniş böyiça boşqa işlarni bajariş;

özlariga beriladigan va jazoni ijro etiş muassasalarida joylaşgan obektlar hamda hududlarni şaharsozlik normalari va qoidalari, şuningdek, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq sifatli saqlaş hamda ulardan foydalanişni ta'minlaş; 

öz işlab çiqariş faoliyatini qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda taşkil etiş;

jazoni ijro etiş muassasalari bilan şartnoma asosida mahkumlar bandligini ta'minlaş va ular uçun qöşimça iş örinlari yaratiş işlarini taşkil etiş;

mahkumlarda zarur mehnat könikmalari va mehnatni hurmat qiliş munosabatlarini şakllantiriş, mehnat natijasida mahkumlarning ma'naviy va moddiy manfaatdorligi uçun şaroitlar yaratiş;

mehnat intizomi, texnologik intizom va mehnatni muhofaza qiliş talablariga rioya etilişini ta'minlaş.

Davlat unitar korxonalari faoliyati quyidagilar hisobiga moliyalaştirilişi belgilandi:

faoliyat yönalişi böyiça tovarlar (işlar, xizmatlar) işlab çiqariş va sotişdan tuşadigan daromadlar;

davlat unitar korxonalarining davlat mulkini taşkilotlarga qonun hujjatlariga muvofiq ijaraga berişdan tuşadigan daromadlari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa manbalar.