Bugun, 24 noyabr kuni Xalqaro Press-klubning navbatdagi sessiyasida Ekologiya va atrof-muhit muhofazasiga doir masalalar muhokama qilingani haqida avval xabar berilgan edi. Unda KUN.UZ muxbiri spikerlarga murojaat qilib, bugungi kunda ekologiya buzilişi va atrof-muhit ifloslanişiga sabablaridan biri - tselofan paketlar muammosini hal etiş yuzasidan qanday çoralar köriş mumkinligini söradi.

Foto: XPK

Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Farhodjon Quvvatov tselofan paketlar muammosiga doir savolga javob berar ekan, aslida uşbu holat jiddiy global muammoga aylanib ulgurganini qayd etib, bular odamlarning borgan sari qulaylik ortidan quvişi oqibatida kelib çiqqanini ta'kidladi. 

Foto: XPK

“Bir vaqtlar, bu yerdagilar buni yaxşi bilişadi, kişilar bozor-öçar qiliş uçun matolardan tikilgan sumkalarni kötarib yurişardi. Tselofan paketlar muammosini hal etiş uçun esa, mening şaxsiy fikrimça, ularni pullik qiliş lozim. Hozirda ular tekinga beriladi. Bir mahsulot xarid qilinsa, yirtilib ketadi, yana bitta bering, deb tselofan paketçani sörab olamiz. Agar ular pulli qilinsa, xaridor ham yana bitta olişni öylab körardi, balki”, - dedi deputat. 

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi raisi örinbosari Oybek Adhamjonov ham bu masalaga öz fikrini bildirib ötdi. 

Foto: XPK

“Joylarda yurganimizda, maişiy çiqindilarning poligonlari bor. Biroq ularni ekspluatatsiya qilişda sanitariya norma va qoidalariga amal qilinmagan. 184 ta maişiy çiqindi poligoni bölsa, hududlarda örganişlar jarayonida har birini borib körganimda, ayniqsa, Xorazm va Qoraqalpoğistonda poligonlarga katta hududlar ajratilganiga qaramay, kuçli şamol tselofan paketlarni juda katta hududga tarqatib yuborganiga guvoh böldim. Ikkinçidan, bu paketçalarning çiriş muddati ham 100 yilni taşkil etadi. Şu sababdan Oliy Majlis bilan hamkorlikda bu masalani hal etiş böyiça qonun loyihalari işlab çiqilmoqda”, - dedi Adhamjonov. 

U bu narsaning yeçimi sifatida xorij tajribasini örganiş va uni hayotga tatbiq etişni taklif etdi. 

“Masalan, rivojlangan davlatlarda tselofan paketçalar, bir martalik qadoqlaş mahsulotlari işlab çiqaruvçi yo davlat fondiga utilizatsiya tölovini tölaydi yoki özi işlab çiqqan mahsulotini qayta işlaş çorasini köradi. Turli şişa qadoqlardagi içimliklar işlab çiqaruvçilar, texnikalar işlab çiqaruvçilariga ham qayta işlaş tölovi joriy qilingan. Şu narsani bizda ham qöllaş kerak. Yana bir jihat. Köpçiligimiz xorijiy mamlakatlarda bölganmiz. Ularda tselofan yoki qoğoz paketlarning bittasi bir dollar turadi. Şuning uçun ham ularning fuqarolari yonida paket olib yuradi. Bunga sabab, ularda utilizatsiya tölovi mavjudligidir. Boşqa bir jihat. Işlab çiqarilayotgan tselofan paketlar bir marta işlatilganidan söng yaroqsiz bölmasligi uçun makroni, ya'ni qalinligini oşiriş kerak. Bundan taşqari, paketçalarni organik moddalar bilan birga işlab çiqarişni yölga qöyiş ularning çiriş jarayonini tezlaştiradi”, - dedi Adhamjonov.

“Darhaqiqat, rözğorda işlatiladigan tselofan paketlar haqida gap ketayapti. Fransiya 2020 yildan boşlab şu kabi mahsulotlarni qöllaşni taqiqladi. Bizda ham bunga imkoniyatlar bor. Çiqindilar töğrisidagi qonunda ta'kidlanganki, har bir işlab çiqaruvçi öz mahsulotini zararsizlantirişning hisob-kitobini oxirigaça yetkazib qöyişi kerak. Ammo, ming afsuski, bu kabi mahsulotlarni işlab çiqarayotgan korxonalar bu narsalarga e'tibor bermayapti. Natijada ulardan keng miqyosda foydalanilayapti”, - dedi sessiyada iştirok etgan mutaxassislardan biri.