25 noyabr kuni “Hilol-naşr” naşriyot matbaasida fazilatli şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (rahimahulloh) hazratlarining umrlari oxirlarida yozgan sönggi kitoblaridan biri “Islom tarixi” kitobining taqdimoti bölib ötdi. Unda Özbekiston va xorijdan kelgan ulamolar, mehmonlar, nufuzli diniy taşkilotlar va OAV vakillari iştirok etdi. Bu haqda tadbirda iştirok etgan KUN.UZ muxbiri xabar qildi.

Foto: Kun.uz

Tantanali ravişda taşkil etilgan marosim Qur'on tilovati bilan boşlandi. Şundan söng, “Hilol-naşr” naşriyoti direktori Ismoil Muhammad Sodiq kitobning yoziliş va çop etilişi tarixi haqida hikoya qilib berdi. 

Foto: Kun.uz

“Ustozimiz Şayx hazratlari boşqa köplab asarlari qatorida xalqimizga Islom tarixi haqida ham muxtasar bir kitob taqdim qilişni niyat qilib yurar edilar. Bu borada ulamolar, ahli ilmlar bilan maslahatlar qilib yurardilar. Keyinroq, ba'zi kitoblarni yoziş davomida bunday asarning juda zarurligi ma'lum bölgaç, bugun taqdim etilayotgan “Islom tarixi” kitobini qisqa muddatda yozib tugatib, naşriyotga topşirdilar. Ammo Alloh taoloning irodasi ekan, bu kitob ustozimiz yakuniga yetkazişga ulgurgan sönggi kitoblardan biri bölib qoldi”, - dedi Ismoil Muhammad Sodiq. 

Foto: Kun.uz

“Alloh taolo uşbu kitobni özbek xalqiga muborak qilsin, barçaga birdek manfaatli, xayrli va barokatli qilsin, muallifdan bu asarni sadaqai joriya ölaroq qabul aylab, ajru-savoblaridan bahramand aylasin!” – deya öz sözini yakunladi Ismoil Muhammad Sodiq. 

Mazkur kitobni "Hilol-naşr" naşriyoti kitob dökonlari va boşqa kitob savdosi bilan şuğullanuvçi tadbirkorlik sub'yektlaridan xarid qilişlaringiz mumkin. Quyida uşbu marosimda olingan fotosuratlar bilan tanişiş imkoniyatiga egasiz. 

Foto: Kun.uz