«Kuyovçak»: millat va din dardida yozilgan maqola muallifi vafot etdi
|07:46 / 10.07.2017121 64816 min
Quyida e'lon qilinayotgan maqola muallifi Ayyub Ramz Islom.uz saytining xodimlaridan biri bölib, ummatga, millatga mehnati singan va xususan, şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (rohimahulloh) hazratlarining xizmatlarini qilgan yigitlardan edi...
8 iyul kuni dinimizning rivoji yölida xizmatini ayamagan, özining «Kuyovçak» turkum maqolasi orqali köpçilikka taniş, hali göşangaga kuyov bölişga ulgurmagan Ayyub Ramz 25 yoşida olamdan ötdi!
Biz marhumning oila a'zolariga çuqur hamdardlik bildirib, Yaratgandan sabri jamil sörab qolamiz.
Ayyub Ramzning mulohazaga çorlovçi, millat dardida kuyunçaklik bilan yozilgan uşbu çiroyli maqolasini öquvçilarga havola etamiz.
* * *
«KUYoVÇAK»
Yoşim 24 ga töldi. Mana, 2–3 yildan beri «Töy qaçon?», «Nega uylanmayapsan?», «Ayyubxon, tezroq uylan endi», degan gaplarni eşitaverib, axiyri şu maqolani yozişga qaror qildim.
Xöş, rostdan ham nega haligaça uylanmayapman?
Javobim antiqa, çunki men «kuyovçak» bölişni xohlamayapman! «Kuyovçak» nima degani, deb sörayapsizmi? Uning qanday mahluq ekanligini bilmoqçi bölsangiz maqolamni oxirigaça öqing.
Özimni juda aqlli, deb bilmayman, mansabdor va badavlat ham emasman, oddiy yigitman, Alloh bergan rizqimni terib yurgan. Lekin ba'zilardan farqli bir odatim bor, odamlarni örganişni yaxşi köraman va ularni kuzataman. Uylanişga niyat qilganimdan beri hozirgi yoş oilalarni kuzatişni boşladim, kuzatişlarimning natijasida yangi bir narsani «kaşf» qildim. Ahmoqona urf-odatlar ta'sirida «mutatsiya» bölib, yangi «mahluqot» paydo bölganini kördim va unga yangi nom topdim.
Qarşi oling — «Kuyovçak»!
Bu sözni «kelinçak», agar qöpolroq aytsam «h...lak» sözlariga qofiyadoş qilib oldim, çunki hozirgi kuyovlarning örni kelinlar bilan almaşib qolganini körib şunday qildim.
Kuyovçakning ta'rifi: u — jamiyatning biologik çiqindisi, qon söruvçi kanalar oilasiga mansubligi bor, sababi töygaça ota-onasining hisobiga yaşaydi, töydan keyin qaynota-qaynonasi, ba'zan ular bölmasa xotini hisobiga yaşaydi.
Mavzuga oid
Sifatlari: mebelxör, çunki ship-şiydon qilib qöyilgan «ini»ni kelinnikidan kelgan mebellar bilan töldiradi, qança köp mebel kelsa ,şunça köp xursand böladi, özimiznikini emas, albatta, çet elnikini kutadi!
Lattaparast, çunki töy boşlangandan to umrining oxirigaça qaynota-qaynonasi unga kiyim-keçak, latta-putta taşiydi!
Yeb-töymas meçkay, çunki bu mahluq töydan keyin kelinnikidan toğora-toğora ovqat kutadi va yeb, kekirib turib ham heç rozi bölmaydi!
Juda katta «investor», uning sarmoyasi — bir tiyinga qimmat «oriyati», «ğururi», «hamiyati», falaj miyasi-yu, bördoqiga boqilgan jasadi, şularning hammasini kelinning sepi uçun tikkan!
Qölidan keladigan yagona iş — faqat xotini olib kelgan karavotda erkakligini isbotlamoqçi böliş (qöpolligim uçun uzr) va agar Xudo bergan bölsa nasl qoldiriş!
Hobbisi — özgalar hisobiga yaşaş! Kuyovçak bunday hayotga juda yaxşi moslaşadi, öy-fikrlarining hammasi faqat öz foydasiga qaratilgan böladi. Agar u işsiz bölsa iş topib beriş, oç qolsa töydiriş, puli yöq bölsa çöntagini töldiriş, xotini boşqoronği bölsa köngli tusaganini keltiriş, agar xotini tuğsa bolasini roddomdan olib çiqiş-u, beşik, karovatça... hatto pampersigaça olib beriş, xotini kasal bölsa davolatiş kabi barça işlarni heç ikkilanmay, osongina qaynota-qaynonaning böyniga ilib qöygan! U özini bunday mayda işlarga aralaşişi şart bölmagan oliy nasab şaxs deb biladi... va hokazo.
Albatta bu kinoya... va aççiq haqiqatga hajviy yondaşuv.
Agar jiddiy gapirsam, bu yigitlar ular haqida maqola yozişga arzimaydi, lekin mavzu dolzarb. Bu maqoladagi har bir nuqta ularga emas, şunday yigitlarni tarbiya qilgan ota-ona va jamiyatga ham tegişli, sababi u yigitlarning bu gaplarni anglaydigan a'zosi işlamaydi, ongi bor bölganida, şu darajada tubanlaşarmidi, umri böyi parvariş qilgan qizlarini bergani yetmagandek, yana boşqa laş-luşlarni ham qöşib berişlarini kutararmidi kelin tomondan?!
Qaynotasidan, nafaqat mebel, gilam, parda, kir yuvadigan maşina, muzlatgiç va boşqa latta-puttalarni, hattoki, minadigan maşina, iloji bölsa inomarka, kvartira yoki hovli ham kutadiganlari, yanayam «uddaburon»lari biror korxonani yoki biror mansabni, yoğli işni olib berişlarini kutadigan «mard»larni körib «Erkak bölmay öl», devorgim keladi!
Yaqinda qöşnimning qizini uzatişganda, hamma narsani qilib bersa ham, «dadang «Malibu» olib bermadi», deb haydab yuborganini körib, jahlim çiqib yozyapman bu gaplarni.
Endi savol: Qaysi oriyati bor yigit mana şunaqa «kuyovçak» bölişni istar ekan? Masalan, men istamayman! Şuning uçun, oilaviy hayotim uçun zarur ehtiyojlarni özim topa olmagunimça uylanmoqçi emasman!
«Ğam qilma, hozir uylaniş oson, hamma narsani kelin tomon qiladigan bölib ketgan», deydiganlar ham topiladi. Men esa ğam çekaman, baxtli oila quriş uçun, kelajagim uçun qayğuraman, çunki «kuyovçak» bölişni xohlamayman! Uyimning xonalari keng va yoruğ bölişini xohlayman, kelinnikidan kelgan baçkana mebelu, allambalo latta-puttalar bilan töldirib, keyin havo yetişmay böğilib yaşaşni istamayman! Öziga çang yiğişdan boşqasiga yaramaydigan pardalar qurşovida va taxtiravonga öxşagan naqşinkor karavotda yotiş men uçun BAXT timsoli emas!
Umuman, nega aynan karavotda yotiş kerak? Ota-bobolarimiz Italiya yoki Xitoyni mebelida yotişmasa ham baxtli bölişganku! Ha, mayli, zamonga qarab «madaniyat»li bölib karavotda yotiş şart bölsa, öşa mebelni özim olaman, könglimga yoqqanini, naqşlari va yaltir-yulturi yöq bölsa ham, «komfortniy» va uxlaşga qulay bölganini, aslo kelin olib kelgan mebelda uxlay olmasam kerak, har safar uyquga yotganimda bu mebelni oliş uçun qaynotamning qança soğliği va asablari ketganini öylab!
Oddiygina uyda, oddiygina jihozlar bilan bölsa ham qalbimga yoqqan, qaraganimda közlarim quvonadigan, öylaganimda özimni baxtiyor his qiladigan ayolim bölişini xohlayman! Ertalab haşamatli xonada suymagan kişim bilan emas, oddiy uyda bölsa ham özimni baxtiyor his qilişimga sababçi bölgan qadrdon insonim bilan tong ottirişni istayman!
Ayolimni otasinikidan olib kelgan kunimdan boşlab hamma mas'uliyatini, soğligida ham, kasalligida ham, şodligida ham, qayğusida ham şerik bölişni, bolalarimni birga çiroyli tarbiya qilişni, ayolim heç qaçon ota-onasinikiga közida yoş bilan, hayot qiyinçiliklaridan nolib bormasligini xohlayman,
Töğri, oltin toğlar va'da qilmayman, balki yetişmovçiliklarimizni mehrim bilan töldirişga, kerak bölsa, agar öğillari bölmasa, qaynona-qaynotamga öğildek bölişga harakat qilaman. Baxtli bölişim uçun köp narsa kerak emas! Baxtsiz odamlargina atrofini bekorçi laş-luşlar bilan töldiradilar! Baxtiyorlarga çayla ham koşona!
Onam yaqinda gapirib berdilar, rahmatli Anvarjon opoqdadam buvimlarga mehrlari tuşib uylanmoqçi bölganlarida, buvim avvaliga rozi bölmagan ekanlar, u paytda ikkovlari ham Toşkentda bitta oliygohda öqişgan.
Opoqdadam ortga çekinmay tinmay sovçi qöyganlar, «biz hali tayyor emasmiz», degan gaplariga esa «heç narsa kerak emas, töy qiliş uçun özim qaraşib yuboraman», deb buvimning oilalarida öğil yöqligini bilgaç, töydan oldin borib uylarini oqlab, töyga tayyorgarlikka qaraşib, qaynonalariga ovqatlar qilib bergan, şunday qilib hammaning mehrini qozongan ekanlar, xotin oliş uçun ota-onalari emas, özlari harakat qilgan ekanlar, heç qanday mebelsiz, buvimni borlariça kelin qilib olib ketgan ekanlar uylariga. To ölgunlariça buvimni e'zozlaganlarini kördim.
U kişi ayolga kerakli eng muhim narsa — mehr va muhabbatni bera olganlar, şuning uçun bir umr baxtli yaşaşgan, keyinçalik hamma narsalarni özlarini mehnatlari bilan qilişgan va hayotlari farovon ötgan. Mana şu erkakça iş!
Şunday qilib, umr savdosini öylaş mening ham boşimga tuşdi, aniqroği uydagilarning qistovi boşlandi, «uylanişing kerak», «sen tengqurlar 1–2 bolalik bölişga ulgurdi» va hokazo...
«Endimi? 20 yoşimda, rosa uylangim kelgan paytida nega yuragimga qöl solib körmadilaring, nega şartta biror qizni topib uylantirib qöymadilaring?», «Endi yoş, ğör yigit emasman, osonlikça taslim bölmayman, olaxörjunni böynimga ilmoqçimisizlar?», «Öşa paytda uylaniş masalasi çiqqanda, «avval pul top, oilani boqadigan böl, keyin uylanasan, deya «dono» maslahat berganlarning özlarini, otalari 20 yoşida uylantirib qöygan-da, biz beçoralarni dardimizni tuşunişmagan», «Endi qaço-o-on pulim köpayib ketsa, özim xohlaganimda, özim xohlagan qizga uylanaman», deb hazil aralaş pöpisa qilib qöyaman.
Aslida, ulğaygan sarim oilaning mas'uliyati kattaligini tuşunib, bu işda şoşilgim kelmayapti. Özimça «qarşilik» qilişimga qaramay qarindoşlar, taniş-bilişlar kelinlikka nomzod ba'zi qizlarni körsatişdi, biri yoqib, biri yoqmadi.
Yoqqanlarining eng közga köringan fazilati soliha va ilmga çanqoqligi, intiluvçanligi böldi, lekin men özimni unday qizlarga loyiq, deb bilmadim, sababi — men ular kitoblarda öqib, xayollarida orzu qilgan ideallikdan yiroqman, realist, hayotni boriça qabul qiladigan yigitman, ertakda yaşamayman, u «malikalar»ning «şahzodasi» emasligimni bilaman.
Yoqmagan qizlarning esa ota-onasi, qizlarini «50 yillik tajriba, ilm va boylikka ega, haşamatli uyi, inomarka maşinasi, birorta işlab çiqariş korxonasi, zavod yoki fabrikasi, kamida birorta kiçikroq dökonçasi bor tadbirkor bölgan 20–25 yoşlik yigit»ga uzatişmoqçi bölişlari kulgimni qistatib, ensamni qotirdi, «kattalar ham ertakka işonar ekan-da», deb qöydim.
Ba'zi qizlar öta sodda va zerikarli, umrida birorta kitob öqimagani, uy işlaridan boşqa narsaga qiziqmasligi közlaridan bilinib turadigan, ba'zilari ota-onasining nasabiga, mol-davlatiga bino qöygan, ba'zisi çiroyiga mahliyo...
Xullas, hali baxtim oçilmadi, axir, olmos ham osonlikça topilmaydi-ku?
Kuni-keça, rus hamkasbim bilan suhbatda, «nasib qilsa, tez orada uylaniş niyatidaman», dedim, u xursand bulib «kim u baxtli qiz» dedi, men esa kulib «hali topganim yöq öşa baxtli qizni, izladim va hozir ham izlayapman, nafaqat men, balki butun qavmu-qarindoşlar izlaşyapti, bizni yurtda yigitlar uylanadigan paytda hamma yaqinlari «braçnoye agentstvo»ga aylanadi», desam u ajablanib: «Sizlarda ajoyib ekanku, ota-ona topib bersa uylanib ketaverasizlarmi? Biz özimiz topib, qizni könglini olib, uning muhabbati uçun kuraşib, keyin turmuş quramiz, ota-onalarimizni faqat töyimizga mehmonga çaqiramiz», dedi.
Men unga: «Köproq yangi loyihalarni amalga oşirib, köproq pul topişim kerak, çunki qiz topilsa, borib töplaganimni sarflab, uylanişim kerak», desam, «Bundan nima ma'no» deydi, men esa xalqimizning sevimli şiorini aytib, «faxrlandim»: «Elu yurtga dasturxon yozib, oş bermasak, uyat böladi, odamlar gapiradi», deb kuldim. U: «A kogda jivyote-to?» (unda qaçon yaşaysizlar?) dedi. «Nikogda» (heç qaçon), deb hazillaşdim.
Rostdan xam, özbek yigitining hayoti uçga bölinib, biri — töygaça pul töplaş, ikkinçi — qismi esa töydan keyin qarz tölaş va nihoyat, uçinçisi — uşbu udum davomçisini katta qilişdan iborat bölib qolgandek göyo.
Naqadar zerikarli!
Unday yigitlarga xam nom qöyib oldim, «kuyovçak»ning ziddi bölgan «kuyunçak»lar deb. Har doim atrofdagilarni rozi qiliş uçun yaşaydigan, topgan pulini odamlar öylab topgan an'ana, udum va orzu-havaslarga sarflaydigan, özi uçun yaşay olmaydigan beçora «kuyunçak»lar. Lekin baribir xudbin «kuyovçak» bölgandan köra «kuyunçak» bölgan yaxşiroq. Ammo eng yaxşisi ERKAK böliş hammasidan a'lo!
Atrofga qarang!
Nega men kabi yigitlar uylanmay yuribdi? Nega yoş oilalar qurilmasidan buzilib ketyapti? Nega ota-onalar uçun farzand baxtidan köra şaxsiy orzu-havasi afzal. Keyin yaşab ketar deb, qiynoq-qistov bilan, majburan bir-birini yoqtirmagan yoşlarni qovuştirmoqçi bölişadi, töy qilinadi, tomoşa beriladi, hamma qorni qappaygan, öziga töq odamlar kelib, yeb-içib, yana iğvo qilib ketadi, heç kim öylamaydiki, «bu ikki beçora yoşning könglida va xayolida nima gap bor», deb. Avvallari katta akalar uylanişga öylanib qolganda hayron bölar edim, «nimaga axir, oila quriş zör-ku», deya tezroq töyim bölişiga qiziqardim. Hozir esa özim ham öylanib qolaman.
Oila qurişga tayyormanmi? Men olişim mumkin bölgan qizlardan birortasi oila qurişga tayyormi? Jismoniy tomondan tayyorligimga va öşa qizlar ham bu borada yetukligiga şubham yöq. Lekin oilaviy burç, mas'uliyat, er-xotinning vazifalari degan narsalarga-çi?
Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf (rohimahulloh) hazratlarining «Baxtiyor oila» kitoblarini öqib çiqqaç, men ham, hozir uylanib yoki uylanişga harakat qilayotgan birorta yigit aslida oilaviy hayotga tayyor emasligini bildim.
Uylanişdan avval hamma, kuyov ham, kelin ham, ularning ota-onasi ham şu va şunga öxşagan kitoblarni öqib çiqsa bölardi, deb öylardim. Lekin kitob boşqa, hayot boşqa ekan. Johil, kitob öqimagan odamlarni qöyib turing, hatto ba'zi «olim»larning ham farzandlariga qanday töylar ötkazayotganini körib, hafsalam pir böldi, dunyo ahli kabi dabdabaga beriliş ularda ham bor ekan.
Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallam va u kişining sahobalariga ergaşganlikni da'vo qilayotgan «ahli ilm»lar şunday qilib tursa, biz oddiy musulmonlar nima qilaylik?
Lekin men uylansam, sunnatga muvofiq, oddiy töy qilgim keladi. Töyimga boy-badavlatlarni emas faqir miskinlarni çorlagim keladi, hammasidan ham eng yaxşisi, kelin bilan nikohni öqitgandan söng, katta ziyofat qilib beriş örniga, birgalaşib yurib, öşa faqir-miskin kişilarning uylariga ataganlarimizni olib borib: «Bizni duo qilinglar», degim keladi...
Qani edi, şunaqa töyni orzu qiladigan qiz topilsa...
Oila quriş bu faqat töy qiliş va dabdabali hayot emas! Oila — ikkita alohida şaxsning bir umrlik turmuşga tayyor bölişidan hosil bölgan bitim.
Ikki inson qaçon oilaga tayyor böladi?
Qaçon özga odamning oğriğini his qila olganda, bir-birini tarbiya qilişga, bir maqsad sari intilganda...
Hozirça gapim şu, agar yana biror fikr kelib qolsa albatta yozaman, sizlar bilan xayrlaşganim yöq!..