Har bir insonning öz pinhoniy niyati böladi. U kim bölişidan qat'iy nazar orzu niyat ila umrini ötkazadi. Farzandining kamolini köriş va uni ortidan qoluvçi munosib zurriyot etib voyaga yetkaziş har qanday kişining eng yuksak maqsadi, orzusi va niyatidir. Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf munosib farzand böldilar va buning ajrini öz farzandlarida kördilar.

Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh Qiblagohlarini janozalarida aytgan marsiyalari:

"Azizim, dadajon! Qiblagohim! Qirq beş yil beş vaqt namozga qatnagan yölingizdan hozir sizni sevgan qavmingiz yelkalarida kötarib olib kelişdi. Qirq beş yillik oxirat yölingiz oxiriga yetdi.
Azizim, dadajon! Qiblagohim! Qavmingizning közida sizga bölgan muhabbatni köryapman.

Azizim, dadajonim! Qiblagohim! Mömin-musulmonlar sizga duo qilgani, janoza öqigani kelişdi. Qirq beş yil ularning janozalarini öqib, xizmat qildingiz. Endi bu qavm sizga mağfirat söramoqda. Ularning közlaridagi yoş iymon yoşlaridir. Sizdan ajralib qolganlariga yiğlaşmoqda.

Azizim, dadajonim! Qiblagohim! Qirq beş yil har namozga çiqqaningizda qöşni qabristondagilarning haqiga duo qilar edingiz, endi bu on özingizni şu qabristonga qöymoqçimiz. Toki masjidga kirgan har bir kişi, çiqqan har bir kişi haqingizga duo qilsin degan niyatimiz bor. Parvardigori olam, Özing dadamizni mağfirat aylagin! Bu kişining ilm yölida qilgan xizmatlari köp. Payğambarimiz alayhissolatu vassalom: "Odam bolasi vafot etsa, uning amallari kesiladi, faqat uç narsadan: sadaqai joriyadan, manfaatli ilmdan va duo qiladigan solih farzanddan kesilmaydi", deganlar.

Azizim, dadajon! Siz sadaqai joriyani juda köp qilgan edingiz. Inşaalloh, sadaqai joriyangiz bardavomdir. Modomiki qilgan sadaqai joriyangizdan mömin-musulmonlar manfaatdor bölar ekan, inşaalloh, savoblari sizga yetib boradi.

Azizim, dadajon! Qiblagohim! Siz olim edingiz, ilm tarqatgan edingiz. Ilmingiz manfaatli edi. Orqangizdan ilmli farzandlaringiz qoldi, şogirdlaringiz qoldi. Ilmlilarga yordam berdingiz. Bularning hammasi, inşaalloh, tarozingizni bosadigan, xayrga olib boradigan işlar böladi. Inşaalloh, bundan keyin ham to qiyomatgaça qoldirgan manfaatli ilmingizdan özingizga ajr-savob borib turadi!

Azizim, dadajon! Qiblagohim! Solih farzandlar qoldirdingiz, inşaalloh, farzandlaringiz doimo sizning haqingizda duoda böladilar, har öqigan namozlarida, öqiydigan duolarida sizni eslaydilar. Boşqa paytlarda ham duoni heç kanda qilmaydilar. Qolaversa, qavmingiz turibdi, ularning hammalari haqingizga duo qilişga tayyorlar. Inşaalloh, bu duolar Parvardigori olamning mağfiratiga sabab böladi!"