Germaniya kansleri Angela Merkel Germaniyada qayta saylov ötkazilişiga qarşi çiqmoqda. Bu haqda Die Welt naşri xabar bermoqda.

“Agar mavjud natija bilan işlay olmasak, unda odamlardan yana ovoz berişlarini söray olamiz, deb umuman öylamayman”, deb aytgan Merkel.

Merkel şuningdek sotsial-demokratlar bilan muzokaralar ötkaziş imkoniyatini körib çiqişga çaqirgan.  

Avvalroq Merkel bundestagga yangi saylovlar ötkazilişini qöllab-quvvatlagani ma'lum qilingandi.