"Kasperskiy laboratoriyasi" Google Play ilovalar dökonida 85 ta zararli ilovani aniqladi. Ular foydalanuvçilarning "VKontakte" ijtimoiy tarmoğiga kiriş uçun foydalangan ma'lumotlarini öğirlagan. Bu haqda viruslarga qarşi dasturiy ta'minotlar işlab çiqaruvçisining xabarida söz yuritilgan. 

Kompaniya "VKontakte" va Google ma'muriyatlarini tahdiddan ogohlantirgan. "Ayni vaqtda barça zararli kodga ega bölgan ilovalar Google Play dökonidan öçirilgan", - deyiladi xabarda. 

Ilovalarning aksariyati ijtimoiy tarmoq uçun turli xil töldirişlar, masalan musiqani yuklab oliş yoki sahifani körganlarni qayd etiş ilovalar nomi ostida niqoblangan. 

Xavfli ilovalarning eng keng tarqalgani mobil öyin sifatida yaşiringan bölib, bir million martadan ortiq yuklab olingan. "E'tiborli jihati dastavval u zararli kodga ega bölmagan, balki 2017 yil oktabridagi yangilaniş vaqtida qöşilgan", - deyiladi "Kasperksiy laboratoriyasi" ma'lumotida.

Yana 7 ta zararli ilova 10 ming martadan 100 ming martagaça yuklab olingan. 

Tahlilçilar ma'lumotiga köra, jinoyatçilar öğirlangan ma'lumotlardan "VKontakte"dagi guruhlarni tarğibot va taşviqot qilişda foydalanişgan. Ayrim foydalanuvçilar, özlari bilmagan holda ayrim sahifalarga yozilib qolişganidan nolişgan.