Britaniya tojini meros qilişga navbatda 5-örinda turgan şahzoda Harri va uning qayliği – amerikalik aktrisa va fotomodel Megan Marklning nikoh töyi Vindzor qasridagi Avliyo Georgiy ibodatxonasida ötadigan böldi. Bu haqda Kensington saroyining rasmiy vakili, Harrining jamoatçilik bilan aloqalar böyiça kotibi Jyeyson Nof ma'lum qildi.  

Nofning aytişiça, Vindzor yangi juftlik va umuman qirollik oilasi uçun “juda muhim joy” hisoblanadi. Şahzoda va uning sevgilisi 16 oydan beri davom etayotgan muhabbatlari davomida Vindzor qasrida vaqt ötkazişgan va ularning töyi bu gözal joyda ötişidan xursandlar.

Töy, jumladan nikohdan ötiş, musiqiy bezak, qabullarni taşkillaştiriş qirollik oilasi mablağlari hisobidan qoplanadi.

Şuningdek, töydan keyin “hazrati oliyalari” deb çaqira boşlanadigan, AQŞ fuqaroligiga ega bölgan aktrisa Britaniya fuqaroligini olmoqçi.

33 yoşli şahzoda va 36 yoşli aktrisaning unaştirilganlari 27 noyabrda ma'lum qilindi. Şu kunning özida juftlik fotosessiyada iştirok etgan va televizion intervyu bergan.  

Töy ötadigan ibodatxona Britaniya qirollik oilasining “uy çerkovi” hisoblanadi. Avvalroq britan ommaviy axborot vositalari ma'lum qilgandek, bu ibodatxona qiroliça Yelizaveta II’ning vafotidan keyin uning dafn marosimi ötadigan joy böladi.