Angliya va Uels apellyatsiya sudi şahzoda Harrini Buyuk Britaniyaga taşrifi davomida davlat qöriqçilari bilan ta’minlaş huquqini tiklaşni rad etdi. Sudyalar bir ovozdan 2020 yilda Sassesk gersogini himoyadan mahrum qilgan Ravec idoralararo qömitasi qarorini qöllab-quvvatladi, deb yozadi The Guardian.

«Gersogning norozilik hissi Ravec’ning qaroriga qarşi çiqiş uçun qonuniy asos böla oladi deb öylamayman», — deydi sudya Jyefri Vos. Uning qöşimça qilişiça, qaror işni körib çiqqan boşqa ikki sudya tomonidan ham ma’qullangan. Qarordan norozi bölgan taqdirda gersog Oliy sudga murojaat qilişi mumkin, ammo buning uçun uning advokatlari Apellyatsiya yoki Oliy suddan tegişli tartibda şikoyat kiritiş huquqini qölga kiritişlari kerak.

2020 yil martda şahzoda Harri va uning rafiqasi Megan Markl rasman Britaniya qirollik oilasining yuqori martabali a’zolari maqomidan voz keçgan, oliy hazrat unvonlaridan mahrum qilingan va davlat tomonidan moliyalaştiriş töxtatilgan edi. Şundan söng, ular AQŞga köçib ketgan, Buyuk Britaniya IIV esa ularni mamlakat hududida politsiya qöriqçilari bilan ta’minlaşni töxtatgandi.

Şahzoda Harrining advokatlari uşbu qarorni «noqonuniy va adolatsiz» deb atab, uning ustidan sudga da’voga kiritgan. Ular gersog xavfsizligiga tahdid mavjudligini körsatgan. Ammo sud instansiyasi, jumladan, Yuqori va Apellyatsiya sudlari hukumat pozitsiyasini qöllab-quvvatlab, davlat himoyasi huquqi şahzoda Harri ixtiyoriy ravişda voz keçgan rasmiy qirollik vazifalarini bajariş bilan boğliqligini ta’kidlagan.

Sasseks gersogiga individual xavfsizlik xizmatidan foydalaniş taklif qilingan. Tartib-qoidaga köra, ular Buyuk Britaniyaga sayohat rejalari haqida 30 kun oldin Bukingem saroyini xabardor qilişlari kerak, şundan söng har bir taşrif xavf va xavfsizlik zaruriyati uçun baholanadi.