Buyuk Britaniya qiroli Çarlz III va malika Diana öğli, Sasseks gersogi, şahzoda Harri 2012-2013 yillarda Afğoniston janubiga xizmat safari çoğida «Tolibon»ning 25 a’zosini öldirganini tan oldi.
«Safarning birinçi kunidanoq şubhalar ostida uxlamaslikni maqsad qilib oldim: töğri iş qildimmi yoki yöqmi, toliblarga qarata öq uzdimmi yoki tinç aholigami... Men a’zolarim butun holda Buyuk Britaniyaga qaytişni, lekin bundan ham muhimi – pok vijdonim bilan uyga qaytişni xohlardim», deb yozdi Harri özining «Spare» («Zaxiradagi») nomli xotiralar kitobida.
Şahzoda Apache harbiy vertolyotida jangovar harakatlarda qatnaşib, toliblarni öqqa tutib öldirganini aytdi.
Yelizaveta II nabirasi 25 Tolibon jangarilarining öldirilişi uni bezovta qilmayotganini, lekin «qoniqtirmasligini» ham tan oldi. U terrorçilarni «yovuz kuç», tarixdagi eng dahşatli jinoyatlardan biri uçun javobgar «insoniyat duşmanlari» deb hisoblaşini aytdi.
2006 yilda şahzoda Harri Sandhyorstdagi Qirollik harbiy akademiyasini tamomladi. 2008 yilda esa Afğonistonning Hilmand viloyatida 10 hafta davomida jang qildi. 2012 yil sentabridan 2013 yil yanvarigaça Afğonistondagi jangovar harakatlarda ham qatnaşdi. Uning Qurolli kuçlar safida jang qilayotgani xavfsizlik nuqtai nazaridan sir saqlandi.
Şahzoda Harri Buyuk Britaniya tojining vorisi hisoblanmaydi.

















