2017 yil 25-27 noyabr kunlari Tailandning Pattaya şahrida parakanoe böyiça ikkinçi Osiyo çempionati bölib ötdi. Mazkur çempionatda 10 davlatdan 100 ga yaqin paralimpiyaçi kuç sinaşdi. Şular orasida uç nafar özbekistonlik paralimpiyaçi iştirok etib, uçta oltin medalni qölga kiritdi.
Jumladan, ayollar örtasida keçgan bahsda 200 m masofani paralimpiya sportçimiz Mirzayeva Şahnoza (00:53.18) natijasi bilan barça raqiblaridan ustun kelib, oltin medalni qölga kiritdi. Ikkinçi örinni eronlik Şahla Behrozirad (00:56.39) hamda uçinçi örinni yaponiyalik Yoşimi Kaji (01:03.68) natijasi bilan egalladi.
Erkaklar örtasida keçgan bahslarda (M-KL2) sinfida 200 m masofani 00:46.12 soniyada suzib ötgan yurtdoşimiz Abdulxabibov Azizbek faxrli birinçi örinni egalladi. Şu bilan birga yana bir hamyurtimiz (M-VL3) sinfida 200 m masofani 00:58.99 soniyada suzib ötgan Şerqöziyev Xayitmurod uçinçi oltin medalni Özbekiston hisobiga qöşdi.











