Tailand Moliya vazirligi mamlakatdan çiqib ketuvçi yölovçilar, şu jumladan xorijliklar uçun ham yangi soliq joriy etiş masalasini körib çiqmoqda. Bu haqda Tailandning The Nation naşri qonun loyihasiga tayanib xabar berdi.

Qonun loyihasiga köra, yangi soliq dastlab 1000 bat miqdorida belgilanadi. Bu hozirgi kurs böyiça taxminan 30 AQŞ dollariga teng. Keyinçalik soliq miqdori 5000 batgaça oşirilişi mumkin.

Soliq Tailanddan samolyotda uçib ketayotgan barça yölovçilardan, xususan xorijlik sayyohlardan ham undirilişi rejalaştirilgan. Quruqlik yoki dengiz orqali çiqib ketuvçilar dastlabki bosqiçda soliqqa tortilmaydi.

Qonun loyihasida ayrim toifadagi şaxslar uçun imtiyozlar nazarda tutilgan. Xususan, Tailand qirollik oilasi aʼzolari va ularning hamrohlari, mamlakat buddistlar sangxasining oliy patriarxi, xorijiy davlatlar rahbarlari, rasmiy hukumat mehmonlari hamda 2 yoşga tölmagan bolalar soliqdan ozod qilinadi.

Şuningdek, maxsus tranzit hududidan çiqmaydigan xalqaro tranzit reyslari yölovçilari, samolyot ekipaji aʼzolari va boşqa transport xodimlaridan ham Tailanddan çiqiş soliği undirilmaydi.

Soliq jismoniy şaxslardan ular Tailanddan çiqib ketişidan oldin undirilişi közda tutilyapti. The Nation maʼlumotiga köra, odatda bu tölov aviaçipta xarid qilinayotganda aviakompaniya yoki çipta sotuvçi agent tomonidan undirilişi mumkin.

Soliqni tölamaganlik uçun uning miqdoridan ikki baravar köp jarima belgilanişi rejalaştirilgan.

Qonun loyihasi hozirça körib çiqilmoqda – yakuniy qaror qabul qilinmagan.

Eslatib ötamiz, Tailand hukumati dunyoning 93 mamlakati, jumladan, Özbekiston fuqarolari uçun ham amalda bölgan 60 kunlik vizasiz rejimni 2026-yil 15-sentabrdan bekor qilgan.