Nyu-Yorkda BMT xavfsizlik kengaşining Şimoliy Koreya böyiça yiğilişi boşlandi. Yiğiliş ötkazilişini Şimoliy Koreya ballistik raketa uçirgandan keyin AQŞ, Yaponiya va Janubiy Koreya söragan.

Italiyaning BMTdagi doimiy vakili Sebastyano Kardining jurnalistlarga ma'lum qilişiça, hozirça xavfsizlik kengaşida Şimoliy Koreyaning raketa sinovlari böyiça biror-bir bayonot loyihasi yoki boşqa hujjat yöq. U kengaş tomonidan Şimoliy Koreyaga nisbatan qabul qilingan sanksiyaviy rezolyutsiyalar haqida eslab ötdi.

29 noyabrga ötar keçasi yaponiyalik va janubiy koreyalik harbiylar Şimoliy Koreya tomondan raketa uçirilganini qayd qilişgan. Raketa Yaponiya sohillaridan 210 km uzoqlikda dengizga tuşgan. Ma'lum qilinişiça, raketa 4,5 ming km balandlikka kötarilib, 960 km masofa uçib ötgan. Ma'lumotlarga köra, Pxenyan qit'alararo ballistik raketa uçirgan.