Bundan avval Kun.uz saytida bir neça marta Özbekiston Yoşlar ittifoqi tomonidan tasdiqlangan logotip, uşbu unga mukofot sifatida sarflangan 10 million söm va tanlov haqida tanqidiy maqolalar e'lon qilingandi. Şunga qaramay, hanuzgaça bu masalaga oydinlik kiritişning imkoni bölmadi.
Endilikda Ittifoq e'lon qilgan Yoşlar ittifoqi mukofoti ham kişini şubhaga solmoqda. Quyida uşbu «tanlov»ga hujjat yuborişni istagan yoş jurnalistning boşiga tuşganlari hikoya qilinadi.
«Taşkilotning (0371) 244 00 55 telefon raqamiga 15 noyabr kuni qönğiroq qilib, Yoşlar ittifoqi mukofotiga nomzodlarning hujjatlari qay tartibda qabul qilinayotgani bilan qiziqdim. «...Men bu haqda töliq ma'lumotlarni bilmayman», degan YoI xodimi 95 170 90 27 raqamiga qönğiroq qilib savolimga javob olişim mumkinligini aytdi. Sim qoqdim... Afsus, «siz tergan raqam öçirilgan», javobinigina eşitdim, xolos.
Şundan söng ijtimoiy tarmoqlarda faol bölgan YoI markaziy kengaşi xodimi Gulçehra Aşurovaga şaxsiy xabar yozdim. Mukofotga nomzodlar hujjatlarni qay tartibda topşirişi mumkinligi meni qiziqtirayotgandi. Hujjatlarni qabul qiliş yakunlanişiga 10 kun qolgan bölsada hali mukofot nizomi tasdiqlanmagani haqidagi javob xabari meni hayron qoldirdi.
Bir neça kundan söng Yoşlar ittifoqining saytida kutilgan Nizom e'lon qilindi. Ammo unda aniq-tiniq qilib hujjatlarni qabul qiluvçi (yetkazib beruvçi, saralovçi) taşkilotlar körsatilmagandi.
Özbilarmonlik qilib Özbekiston jurnalistlar ijodiy uyuşmasiga qönğiroq qildim. «Xabarimiz yöq», deyişdi. Böldi-da, deb bariga qöl siltadim. Şu vaqtda viloyatda jurnalist bölib işlayotgan, hamkasblar, kursdoşlar orasida «özi ham, qalami ham ötkir», deb tariflanadigan kursdoşim ham qönğiroq qilib, Yoşlar ittifoqi mukofoti haqida sörab qoldi. U hujjatlarini menga yuborgani, ertaga olib YoIga olib borib topşirib qöyişimni iltimos qildi. Ikki kun kimga topşiriş mumkinligini öylab boşim qotdi. Şu vaqt içida kursdoşim ham, men ham taniş-biliş jurnalistlardan aniq manzil va ma'lumotlarni söradik. Javob bitta böldi: «Bilmayman»!
23 noyabr. Kursdoşimning hujjatlarini olib Yoşlar ittifoqi markaziy kengaşi darvozasidan ilk bor xatladim. Eşik yonida turgan tengdoş yigit mening maqsadimni tingladi va «Fuqarolar qabulxonasi»ga yönaltirdi, u yerdagi mutaxassislar maqsadimni tinglab, hujjatlarni közdan keçirib, Devonxonaga yuborişdi, u yerdagilar «ikkinçi qavat, öng qöldagi ikkinçi eşik», deyişdi, öng qöldagi ikkinçi eşik ortidagi xodima maqsadimni tinglagaç, Özbekiston matbuot va axborot agentligi orqali ularga hujjatlarimizni taqdim qila olişimiz mumkinligini «tuşuntirdi».
Agentlikka qönğiroq qilib bölgan masalani aytdim «bizni bu haqda heç kim ogohlantirgani yöq, bizda nomzodlarning hujjati va röyxati şakllantirilmayapti», yösinida javob oldim. Şu topda futbol muxlislari uçun taniş bölgan «Ana xolos!..» jumlasi tilimda ixtiyorsiz aylandi.
Bölgan voqeani umidvor kursdoşimga yetkazdim, uning ham hafsalasi pir bölib göşakni qöydi.
... ertasi kuni tongda viloyatdan yana öşa kursdoşim qönğiroq qilib ustoz jurnalistlarimizdan biridan yordam söragani haqida iymanibgina ma'lum qildi. Hali töliq bu haqda xabardor emasligini aytgan agentlik xodimlarining biriga nomzodning hujjatlarini berib qaytdim hamki, meni bir savol öylantirardi: yoşlar örtasida ançayin qiziqiş uyğotgan, nomdor, zalvorli mukofotga hujjatlarni qabul qiliş tugaşiga bir kun qolgan bölsayu, nega heç bir taşkilot bundan boxabar emas. Nega nomzodlar köçada öz ijodiy işlari bilan sarson (YoI binosida men kabi sargardonlar köpligining guvohi bölgandim). Şu orada vazirliklarning ba'zi viloyatlardagi bölimlaridan ham ma'lumot söradik, ular ham bunday mukofotga özlari nomzod yuborişi kerakligidan ogoh emas.
Lönda qilib aytganda, gap köp, ötin kam. Töğri emasmi?! Ha, aytgança - Yoşlar mukofotiga hujjat topşirişga ulgurdingizmi?»
Yölovçi











