Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasi «innovatsiyalar va mukammallik sari yanada köproq harakat» ramzi bölgan yangilangan logotipni taqdim etdi.
«Dizayn yanada minimalistik, yengilroq böldi, ammo taniş çizgilarni saqlab qoldi, bu Markaziy Osiyodagi havo transporti yetakçilaridan birining şakllaniş tarixiga işora», deyiladi kompaniya xabarida.
Logotip tubdan özgartirilmadi. U içida quş tasvirlangan aylana şaklida qoldi, ammo ranglari özgartirildi. Şuningdek, kompaniya nomi endi faqat boş harflar bilan yoziladigan böldi.
Şu bilan birga, samolyotlar hoşiyasi – livreya özgarişsiz, Özbekiston bayroği ranglarini saqlab qoldi.
Qayd qilinişiça, logotipni «salfetkalar, dastgohlar va hujjatlardan tortib samolyotlargaça» yangilaş jarayoni bir yarim-ikki yil vaqt oladi. Özgartiriş evolyutsion tarzda amalga oşiriladi - eskisi bilan bir qatorda yangi logotip ham qöllanadi.
Bundan taşqari, kompaniyaning yangi şiori - «Markaziy Osiyo qanotlari» böldi.

















