Amazon kompaniyasi öz logotipining yangilangan dizaynini taqdim etdi — bu sönggi 20 yil içidagi birinçi sezilarli darajadagi özgariş hisoblanadi, deb yozmoqda Dezeen portal.
Qayd etilişiça, rebrending Koto xalqaro studiyasi va Amazon jamoasi bilan birgalikda amalga oşirilgan. Uning maqsadi — korporativ uslubning vizual ifodasini kuçaytiriş hamda uni elektron tijorat giganti tarkibidagi 50 dan ortiq subbrendga moslaştiriş bölgan.
Markaziy element sifatida barçaga taniş «tabassum» saqlanib qolgan bölib, u mijozlarga yönaltirilganlik ramzi hisoblanadi. Biroq endi asosiy vizual urğu aynan şu elementga qaratilgan — oldingi versiyada diqqat markazidan strelka örin olgandi. Koto studiyasi vakillarining sözlariga köra, bu yondaşuv Amazonʼning mijozlarga quvonç ulaşiş va ularning kundalik hayotini soddalaştirişga bölgan intilişini ifodalaydi.
Vizual rebrending doirasida yangi korporativ şrift — Amazon Logo Sans ham taqdim etilgan. U Amazon Smile, Amazon Cash, Amazon Echo va Amazon Jobs kabi yönalişlarni belgilaşda işlatiladi. Bundan taşqari, ilgari Kindle brendi bilan boğlangan Ember şriftiga ham özgartirişlar kiritilgan.
Tipografik yangilanişlardan taşqari, Amazon butun brend uslubida yanada yorqin va ifodali ranglar joriy etgan hamda ikonografiyani yagona şaklga keltirgan. Ayniqsa, Prime, Amazon Grocery, Alexa va Amazon One Medical xizmatlariga alohida e’tibor qaratilgan.
Kompaniyadagilarning ta’kidlanişiça, yangi dizayn Amazonʼning rivojlaniş va kelajakdagi maqsadlarini ifodalaydi, şu bilan birga, u oldingidek köpçilik taniydigan körinişini saqlab qolgan. Bu yangilaniş kompaniya tomonidan yaqin orada taqdim etilişi rejalaştirilgan yangi xizmatlar va yaxşilanişlar arafasida amalga oşirilmoqda.

















