Özbekiston futbol federatsiyasi Özbekiston kubogi final uçraşuviga muxlislarning majburlab olib kirilişi haqidagi xabarlarni inkor etdi. Bu haqda taşkilot KUN.UZ‘ga qilgan murojaatnomasida aytib ötgan.

«Özbekiston Kubogi finalida ğolib çiqqan jamoaga OÇL pley-off bosqiçida iştirok etiş huquqi (aslida faqatgina «Bunyodkor» ğalaba qozonsa, pley-off yöllanmasini qölga kiritadi. «Lokomotiv» guruh bosqiçiga töğridan-töğri yöllanmani qölga kiritib bölgan — Tribuna.Uz izohi) beriladi. Şu sababli «Bunyodkor» va «Lokomotiv» klublari örtasidagi uçraşuvga qiziqiş yuqori. Final uçraşuviga kiriş çiptalari viloyat futbol federatsiyalari va futbol jamoalari, şuningdek korxonalar, taşkilotlar, mehnat jamoalari va mahallalarga ularning iltimos va murojaatlariga köra bepul tarqatilmoqda», deyiladi ÖFF bayonotida.

Eslatib ötamiz, oldinroq uçraşuvni kuzatiş uçun OFK prezidenti kelişi munosabati bilan ÖFF oliy liganing barça klublariga öz hududidan 500 nafardan muxlis olib kelişni yuklagani haqida xabarlarçiqqandi.