Skaydayverlar jamoasi avtomobilda 9 ming metrdan ziyod balandlikda parvoz qilayotgan samolyotdan tuşib qoldi. Tryuk yozilgan rolik YouTube'dagi Negative4 Productions kanaliga joylangan.

Rolikka keltirilgan ta'rifda körsatilişiça, samolyotdan sakraşga tayyorgarlik professional skaydayver va tryuklar taşkilotçisi Stiv Kertis rahbarligi ostida ötgan. 

Sakraş oldidan maşinadan uzatiş qutisi, dvigatel olib taşlangan, tom qismi kesilgan, şu bilan birga, aerodinamika yaxşi bölişi uçun pastki qismi töliq yopilgan.

Tryuk taşkilotçilarining sözlariga köra, samolyotdan avtomobilda sakraş "Zona 51" harbiy bazasi hududida amalga oşirilgan va u jamoa iştirokçilarining kiçik jarohatlarini hisobga olmaganda, muvaffaqiyatli ötgan.