Argentina 15 noyabrda yöqolgan “San-Xuan” suv osti kemasi ekipajining 44 a'zosini qutqariş operatsiyasini töxtatdi. Bu haqda Argentina harbiy-dengiz kuçlari rasmiy vakili Enrike Balbi ma'lum qildi.
Balbi internetda namoyiş qilingan matbuot anjumanda dengizçilarni qidiriş vaqti imkoni boridan 2 marta köproq davom etgani, biroq na suv osti kemasi, na odamlarning biror-bir izi topilganini aytgan.
“Amalga oşirilgan barça sa'y-harakatlarga qaramasdan, kema topilmadi. Qutqarilganlar bölmaydi”, deb aytgan Balbi.
Uning aytişiça, qutqaruv operatsiyasi töxtatilgani sabab uni izlaş bilan şuğullangan 3 ta kema Komodoro-Rivadaviyadagi bazaga qaytarilgan. Biroq suv osti kemasini izlaş işlari davom ettiriladi. Jumladan, kema qidirilayotgan hududga “Malvin orollari” kemasi yordamida Rossiyaning “Pantera Plyus” çuqur suv osti qurilmasi yetkaziladi.
Suv osti kemasi 15 noyabrda aloqaga çiqmay qöygandi. Aloqaning oxirgi seansida dengizçilar avariya haqida ma'lum qilişgan. Suv osti kemasida 44 kişi, jumladan tarixdagi argentinalik birinçi ayol suvosti dengizçisi Eliana Mariya Kravçik bölgan. Avvalroq Argentina harbiy-dengiz kuçlari suv osti kemasining yöqolişi bilan boğliq bölişi mumkin bölgan yakka portlaş yuz berganini ma'lum qilişgan.












