Berlinda ötadigan yengil atletika böyiça 2018 yilgi Yevropa çempionati taşkilotçilari bölğusi juftliklar uçun aksiya uyuştirişdi. Bu aksiya ğoliblari çempionat ötkaziladigan Olimpiya stadionida 60 ming tomoşabin guvohligida nikoh töylarini ötkazişlari mumkin böladi. Bu haqda musobaqaning rasmiy saytida ma'lum qilindi.

Ta'kidlanişiça, aksiyada ğolib böladigan juftlik öz töyini 2018 yil 8 avgustda (08.08.2018) – çempionatning 2-kunida ötkazadi. Juftlikning nikohi stadion ibodatxonasida bölib ötadi.

Uşbu aksiyada iştirok etişning bir qator şartlari bor. Aktsiyada iştirok etmoqçi bölganlar öz arizalarini 31 dekabrgaça belgilangan manzil böyiça jönatişlari kerak böladi. Agar bir neçta ariza tanlab olinsa, unda ğolib juftlik qur'a taşlaş bilan aniqlanadi.