DW xabariga köra, dpa agentligi bu haqda aeroport va Germaniya federal politsiyasi vakillariga tayanib maʼlum qilgan.
Dron mahalliy vaqt bilan soat 20:00 atrofida qayd etilgan. Şundan söng Germaniya havo harakatini boşqariş xizmati - Deutsche Flugsicherung (DFS) şimoliy uçiş-qöniş yölagini yopgan.
Soat 20:20 da janubiy yölak ham yopilib, aeroportda parvozlar butunlay töxtatilgan. Har ikki yölak soat 21:05 da qayta oçilgan.
Yarim yilda 28 ta holat qayd etilgan
DFS maʼlumotlariga köra, yilning dastlabki olti oyida Berlin-Brandenburg aeroportida dron aniqlanişi bilan boğliq 28 ta holat qayd etilgan. Bu Germaniya aeroportlari orasidagi eng yuqori körsatkiç bölib, mamlakatning eng yirik aeroporti - Frankfurt-Mayndagidan bittaga köp.
Uşbu holatlarning yettitasida Berlin-Brandenburg aeroportida havo harakatini vaqtinça töxtatişga töğri kelgan. Taqqoslaş uçun, 2025-yil davomida aeroport va unga tutaş hududlarda jami sakkizta dron aniqlangan.
Xabarlar asosan uçuvçilardan kelib tuşadi
Dronlar haqidagi xabarlarning aksariyati parvozga kötarilayotgan yoki qönişga tayyorlanayotgan samolyot uçuvçilari, şuningdek, dispetçerlik minoralaridagi kuzatuvçilardan kelib tuşadi.
Joriy yildan federal politsiya boşqaruvidagi uçuvçisiz uçiş apparatlarini aniqlaşga möljallangan maxsus tizimlar ham qöllanilmoqda.
Kyoln/Bonn, Gamburg va Myunxen aeroportlarida ham dronlar haqida tez-tez ogohlantirişlar qayd etilgan.
DW maʼlumotiga köra, Germaniya qonunçiligi uçiş va qöniş hududlari atrofidagi 1,5 kilometr radiusda dronlardan foydalanişni taqiqlaydi. Bunday qoidabuzarlik havo harakatiga xavfli aralaşuv sifatida baholanib, ön yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosiga sabab bölişi mumkin.









