Germaniyada Berlindagi “Rus uyi”ning ehtimoliy noqonuniy faoliyati yuzasidan siyosiy muhokamalar avj oldi. Xristian-demokratik ittifoq (XDI), “Yaşillar” va Erkin demokratik partiya (ErDP) vakillari madaniy markaz sifatida faoliyat yuritayotgan muassasani yopiş zarurligini bildirmoqda.
Bundestag deputati, XDIning taşqi siyosat masalalari böyiça eksperti Roderix Kizevetter “Rus uyi” josuslik markazi sifatida foydalanilayotgan bölişi mumkinligini da’vo qildi.
U 11-avgust kuni Welt TV telekanaliga bergan intervyusida öz gumonlariga bir neçta omilni asos qilib keltirgan. Jumladan, siyosatçining aytişiça, binoda 100 dan ortiq kişi istiqomat qiladi va ularning faoliyati haqida yetarli ma’lumot yöq. Şuningdek, u binoda elektr energiyasi iste’moli odatdagidan ança yuqori ekanini ham şubhali holat sifatida körsatgan.
“Razvedka uskunalari bilan töldirilgan markaz”
Kizevetterning ta’kidlaşiça, “Rus uyi” ilgari haqiqatan ham madaniy muassasa sifatida faoliyat körsatgan bölişi mumkin, ammo hozir vaziyat özgargan.
U muassasani “ehtimol, razvedka uçun möljallangan uskunalar bilan töldirilgan markaz” deb atab, u yerda Germaniyaga nisbatan döstona munosabatda bölmagan şaxslar faoliyat yuritayotganini da’vo qildi.
Siyosatçi “Rus uyi”ni Germaniyaning zaifligi va Rossiya ta’sirining ramzi sifatida baholadi.
“Yaşillar” partiyasidan Bundestag deputati, mudofaa masalalari böyiça mutaxassis Sara Nanni ham muassasani yopiş tarafdori. Uning aytişiça, partiya avvalgi “svetofor koalitsiyasi” hukumati davridayoq “Rus uyi” faoliyatini töxtatişga uringan, ammo bunga erişa olmagan.
Nanni ham uşbu muassasadan josuslik maqsadlarida foydalanilayotganiga işonişini bildirdi. U, xususan, şubhali mobil aloqa va GPS signallariga işora qilib, ular binoda kuçli signal uzatuvçi uskunalar bölişi mumkinligini körsatişini aytgan.
Deputat Germaniya hukumatining muassasani yopişdan boş tortayotganini Kreml oldida “itoatkorlik” va zaiflik belgisi sifatida baholadi.
U Rossiya prezidenti Vladimir Putin bunday vaziyatdan provokatsiyalar va agressiv harakatlar uçun foydalanayotganini da’vo qildi. Nanni bunga misol sifatida Leypsigda Ukraina yuk samolyotiga dron urilgani bilan boğliq sönggi hodisani tilga olgan.









