Rossiyalik tadbirkor Andrey Filatovning Brighttree Holding LTD kompaniyasi Özbekistondagi «Mustaqillikning 25 yilligi» konini özlaştirişni işlab çiqiş loyihasida Baxtiyor Fozilovning Altmax Holding Ltd’da 50 foizni qölga kiritdi. Yangi investorning loyihadagi töğridan-töğri uluşi 37,5 foizni taşkil etadi, deb xabar bermoqda «Kommersant'» gazetasi.

Konni özlaştiriş 2017 yilning aprelida imzolangan kelişuv doirasida amalga oşiriladi. Surhan Gas Chemical Operating Company operatorining qolgan aksiyadorlariga Gas Project Development Central Asia AG (Gazprombank va «Gazprom» QK) hamda «Özneftgazqazibçiqariş» AK («Özbekneftegaz» tarkibiga kiradi) aylanadi.

Andrey Filatov Rossiyadagi yirik temir yöl operatorlari Globaltrans hamda «Transoyl»da, konteynerli terminallar operatori Global Ports va boşqalarda uluşga egalik qiladi.

Zaxiralari taxminan 100 milliard kubometr bölgan «Mustaqillikning 25 yilligi»ni özlaştiriş qidiruvga qadar işlar va konni gaz-kimyo majmuasini quriş bilan işlab çiqişni nazarda tutadi. Loyihaning umumiy qiymati taxminan 5 milliard dollarga teng, dastlabki bosqiçda – taxminan 2 milliard dollar. Biroq tijoriy şartlar keyinroq muvofiqlaştiriladi, deya aniqlik kiritgan Andrey Filatovning vakillari.

«Bu istiqbolli, Özbekistondagi eng yirik loyihalardan biri, buning ustiga rivojlaniş bosqiçida turibdi – u böyiça kelişuv imzolangan. Bundan taşqari, Özbekiston bugun investitsiyalarga barça şaroitlarni yaratmoqda», - deya aniqlik kiritdi Andrey Filatov.