Rossiya Federatsiyasi harbiylarini Suriyadan olib çiqiş böyiça harakatlarga tayyorgarlik jarayoni boşlanib ketgan. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengaşi kotibi Nikolay Patruşevga asoslangan holda TASS agentligi xabar tarqatdi.

«Bu böyiça [Suriyadan harbiy guruhlarni olib çiqiş] tayyorgarlik harakatlari boşlanib bölgan», degan u jurnalistlarga.

Undan harbiylarni qaytariş işlari qaçon boşlanişi haqida söraşgan.

«Barçasi tayyorgarlik darajasida», degan Patruşev.

Bundan oldinroq, Rossiya Qurolli kuçlari Boş ştabi rahbari, armiya generali Valeriy Gerasimov Suriyadagi harbiy harakatlar yakuniy pallada ekanini ma'lum qilgandi.

Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham 22 noyabr kuni Soçida Turkiya va Eron rahbarlari bilan uçraşuv vaqtida ma'lum qilgandi.

Rossiya 2015 yilning 30 sentabrida Suriya hukumati iltimosi bilan uşbu arab respublikasi armiyasiga IŞID va boşqa jangarilarga qarşi kuraşda kömak körsatiş uçun öz harbiylarini olib kirgandi. Ötgan vaqt davomida jangarilarga qarşi havodan turib köplab muvaffaqiyatli amaliyotlar amalga oşirildi va Suriyaning asosiy qismi jangarilardan ozod etildi.