Özbekiston Musulmonlari idorasi Islom dinining 5 arkonidan biri bölgan Haj ibodati xususida yangi fatvosini qabul qildi. Unda Özbekistondan Haj ibodatini ado etiş uçun boruvçilarga yangi tavsiyalar qayd etilgan. Fatvoda jumladan şunday deyiladi:

“Ötgan yillar davomida haj safariga borayotgan fuqarolarimizning holatini kuzatiş asnosida şu narsaga ham guvoh bölmoqdamizki, ayrim kişilar, özlari hajga borişga na moddiy imkoniyati va na rağbati bölgan holda yoki soğligi yaxşi emasligi yoxud uzoq safarga borişga layoqatli emasligiga qaramasdan, ularning öğil-qizlari göyoki öz farzandlik burçlarini bajariş yoki el-yurt orasida soxta obro‘ topiş maqsadida ota-onalarini haj safariga jönatayotganlari, oxir-oqibat haj amallaridagi maşaqqatlar ular uçun oğir tuyulib, ibodatlarni mukammal ado etişga bee'tibor bölayotgan holatlar ham uçrab turibdi. Holbuki, haj ibodatining maqbul bölişi haj qilayotgan kişining odob-axloqining gözal bölişiga ham boğliq bölib, birovlar bilan janjallaşiş, boşqalarga malol keltiradigan xatti-harakatlar qiliş ham haj amaliga putur yetkazadi. 

Barçamizga ma'lumki, yurtimizdan minglab musulmonlar hajga borar ekan, uşbu örinni, haqiqatan, haj ibodatini ixlos bilan ado etadigan, yuqorida zikr etilgan hajning şartlariga töliq javob beradigan mömin-musulmonlar bilan qoplansa, birinçidan, Alloh taoloning çaqiriğiga “Labbaykallohumma labbayka”, deb talbiya aytişga haqli bölgan kişilarni hajga yuboriş şarafiga muyassar bölinadi. Qolaversa, barça hojilarimiz tomonidan haj amallarining mukammal ado etilişiga, şuningdek, hukumatimiz tomonidan hojilar uçun yaratilayotgan şaroitlarning qadriga yetiş va pirovard natijada haj mavsumidagi maşaqqatlarning ozayişiga erişiladi.

Hojilik uluğ maqom ekanidan kelib çiqib, har bir hajga borgan erkagu ayol anglamoği lozimdurkim, ular kelgusida, avvalo, öz farzandlariga qolaversa, el-yurt va mahalla köyga ibodatda, halollik va poklikda, ma'naviyat va ma'rifatda eng yuksak darajadagi örnak va namuna bölmoqlari zarur. Zero, hojilik maqomini qölga kiritişdan köra uning şa'nini saqlaşning mas'uliyati oğirroqdir. Çunki, hoji degan nom ortida Makkai mukarrama va Madinai munavvaradek şaharlar va u yerdagi muqaddas qadamjolarga ehtirom, umuman, Islom diniga hurmat yotadi. Şu nuqtai nazardan, har bir hoji özining gap-sözi, xatti-harakati, xalq orasidagi muomala-munosabati bilan muqaddas Islom diniga nisbatan hurmat uyğotişi yoki uning nomiga doğ tuşirişi ham mumkin ekanini heç qaçon yodidan çiqarmasligi lozim böladi.

Qayd etilganlarni e'tiborga olib, Özbekiston musulmonlari idorasi Haj haqida quyidagi Fatvoni e'lon qiladi:

Hajga boriş uçun talabgorlarda hajning farz bölişi uçun hur, boliğ, oqil, soğlom böliş hamda asliy hojatlaridan va qaytib kelguniça oilasini ta'minlaşga qoldiradigan nafaqadan taşqari hajga borib kelişiga yetadigan mablağga qodir böliş, şuningdek yölning tinç va oçiq bölişi kabi zarur şartlarning mavjudligiga e'tibor qaratilsin. Bunda joylardagi imom-xatiblar mahalla faollariga bevosita kömaklaşsinlar.

Nafaqat moddiy imkoniyat balki, yuriş-turiş va muomalada özgalarga ibrat hamda namuna körsatgan, ma'naviy yetuk, Islom dinining avvalgi törtta arkonlarini ado etib kelayotgan fuqarolarning nomzodini hajga boruvçilar röyxatiga kiritişga e'tibor qaratilsin.

Haj ibodati umr davomida bir marta farz ekanidan kelib çiqib, ötgan yillar davomida haj ibodatini ado etişga muyassar bölgan fuqarolarning navbatini hajga bormaganlarga beriş maqsadga muvofiqdir.

Hajga boriş uçun talabgorlar sonining köpligi nuqtai nazaridan, röyxatda turganlar yoş jihatdan va mahalla ahli orasidagi hurmat-e'tiboriga köra özaro bir-birlariga muruvvat qilişlari maqsadga muvofiq böladi.

Hajga boriş uçun röyxatga kiritilgan musulmonlar haj ibodati töğrisida töliq ma'lumotga ega bölişlariga e'tibor qaratsinlar. Uşbu işda imom-xatiblar mömin-musulmonlarga amaliy yordam körsatsinlar.

Hajga boriş uçun talabgorlar mahalladagi ma'naviy-ma'rifiy işlarda faollik körsatişi, yoşlar tarbiyasida, ularning turli jinoyatlarga qöl urmasliklarida jonkuyar bölişi tavsiya qilinsin”. 
 

Usmonxon Alimov 

Özbekiston musulmonlari
idorasi raisi, muftiy