1 dekabr Xalqaro OITSga qarşi kuraş kuni munosabati bilan dunyoning turli şaharlari va davlatlarida 21-asr vabosiga bağişlangan turli anjumanlar, tadbirlar taşkil etiladi. Unda bu illatga qarşi kuraşiş masalalari hamda muammolari muhokama qilinadi. Ommaviy axborot vositalari orqali ham kasallikka qarşi taşviqot işlari kuçaytiriladi. BMT ma’lumotlariga binoan, bugungi kunda OITS/OIV kasalligi insonlarning ölimiga sabab bölayotgan xastaliklar orasida 5-örindadir. Kasallik bilan yaşayotganlar soni dunyo böylab 35,7 mlndan ortiqni taşkil etadi. 

KUN.UZ muxbiri ham Xalqaro OITSga qarşi kuraş kuni munosabati bilan Respublika OITSga qarşi kuraş markazi direktori, professor Nurmat Otabekovga murojaat qildi. 

Uning ma’lum qilişiça, OITSga çalinganlar sonini va bu kasallik bilan boğliq epidemiologik holatni baholaşda har 100 ming kişi hisobiga töğri keladigan kasallanganlar soni olinadi. 

Otabekovning sözlariga köra, bu borada Özbekistondagi holat birmunça barqarordir. Hozirda, Özbekistonda har 100 ming aholidan 102 kişi uşbu yuqumli kasallikka çalingan. Bu Özbekistonda taxminan 32 ming 500 atrofida OITS/OIV bilan xastalangan bemor borligini bildiradi (taxminiy hisob tahririyatniki). Qiyoslaş uçun aytiladigan bölsa, Rossiyada bu raqam 500 ni, Ukrainada 280 dan ortiqni taşkil etadi. 

Şu bilan birga, Otabekov Özbekistonda uşbu kasallikni aniqlaş borasida qanday işlar olib borilayotgani yuzasidan ham ma’lumotlar berdi. Uning aytişiça, har yili Özbekiston aholisining salkam 11 foizi, ya’ni 3,4 mln kişi OITS/OIV tahlilidan ötadi. Bunda xorijiy mamlakatlarda bölib kelgan özbekistonliklar orasida uşbu kasallikni yuqtiriş holatlari tobora köpaymoqda. Otabekov qayd etganidek, har yili tekşirilayotganlarning 300 mingdan ortiği xorijda bölib qaytayotganlar bölsa, ularning kasallikka çalinganlarining 75-80 foizi OIVni jinsiy yöl bilan yuqtirmoqda. 

Şundan xorijda bölib, uşbu kasallikni yuqtirib kelganlarning 69 foizi Rossiyada işlab qaytgan mehnat muhojirlari, 16 foizi Qozoğistonda bölib qaytganlardir. Özbekistonda ilk bor uşbu kasallik 1987 yili Toşkent OTMda tahsil oluvçi afrikalik talabada aniqlangan. 1989 yilda Afrika mamlakatlaridan birida işlab kelgan özbekistonlik fuqaroning ham uşbu kasallikka çalingani tahlillar natijasida ma’lum bölgan. 

“Özbekistonda, - deydi Nurmat Otabekov, - şu yillar mobaynida OITS/OIVga qarşi kuraş maqsadida 3 marta yangi tahrirdagi qonun, 3 marta strategik dastur va 3 marta davlat dasturlari qabul qilinib, muvaffaqiyatli amalga oşirilgan. Buning uçun davlat budjetidan 40 mln dollar, boşqa xorijiy grantlar asosida 100 mln dollardan ortiq mablağ sarflangan. Şunga köra, parentral yuqiş holatlari (tibbiy muolaja orqali) keskin kamayişiga erişilgan. Bundan taşqari, OITS bilan kasallangan onadan bolaga yuqiş holati kamaygan. Bugungi kunda şu kabi onalardan dunyoga kelayotgan çaqaloqlarning 99,7 foizi soğlomdir. Biroq sönggi 10 yilda jinsiy yöl bilan uşbu kasallikni yuqtiriş holatlari 7 baravarga oşgan”. 

Uning ma’lum qilişiça, Özbekiston 2019 yilda JSSTning OITS bilan xastalangan onadan soğlom farzand tuğilişi körsatkiçi böyiça eng yuqori natija qayd etuvçi mamlakatlardan biri bölişga asosiy da’vogarlardan biridir. 

Tolib Rahmatov

KUN.UZ muxbiri