"Tyumenskiy Legion" va "Yugra" bolalar xokkey jamoalari örtasida kelib çiqqan muştlaşuv şarhlovçining kuçli hissiyotlariga sabab böldi. Muştlaşuv videosi YouTube’da joylaştirildi.
Yoş xokkeyçilar "Uralskiy vyzov-2017" musobaqasi uçraşuvlaridan birida muştlaşib ketganlar.
"Nima u yerda? Hissiyotlar! Muştlaşuv! Bizda muştlaşuv boşlanib ketdi! Heç kim böş kelişni xohlamadi, muştlaşuv. Jang! Haqiqiy jang, biroq yöq, yigitçalarni ajratib qöyişdi. Bizda hissiyotlar aql bovar qilmas darajada", - deya ma'lum qilgan hissiyotlarga berilgan şarhlovçi.
Hakamlar muştlaşayotganlarni ajratib qöyişni uddalaşdi, biroq oradan köp ötmay öyinçilar endi jamoaga qarşi jamoa bölib “jangga” kirişib ketişgan. Şarhlovçi buni ham e'tiborsiz qoldirmadi.
"Yana bir muştlaşuv, yana, boşlandi! Jamoaga qarşi jamoa! Jang! Haqiqiy jang, döstlar! Nimalar qilişmoqda! Ularni ajratiş kerak! Ularni ajratiş kerak!", - deya deyarli baqirgan u.
"Tyumenskiy Legion" yakunda "Yugra"ni 5:3 hisobida mağlubiyatga uçratdi.











