Xokkey böyiça AQŞ terma jamoasi Italiyada bölib ötgan Olimpiada öyinlarida Kanada terma jamoasini overtaymda 2:1 hisobida mağlubiyatga uçratib, oltin medalni qölga kiritdi.
Asosiy vaqt 1:1 hisobida yakunlandi. Overtaymda Jyek Xyuz amerikaliklarga ğalaba keltirdi.
Finlandiya xokkeyçilari slovakiyaliklarni 6:1 hisobida yengib, bronza medallariga ega çiqişdi.
Kanada va AQŞ Olimpiada finalida uçinçi bor töqnaş kelişdi. AQŞ jamoasi ilgari ikki marta Olimpiada oltin medalini qölga kiritgan (1960 va 1980 yillarda).
Kanada termasi Olimpiada öyinlari xokkey musobaqalarida ön marta ğolib bölgan. Jamoa sönggi marta 2014 yilda oltin medalga sazovor bölgan.








