Özbekiston yoşlar ittifoqi, “Özbekkino” MA, Yoş kinoijodkorlar kengaşi hamda Kinematografiyani rivojlantiriş markazi tomonidan ötkazilayotgan III Respublika “PROlogue – 2017” kinofestivalining eng kutilgan voqeasi –“qizil yölakça” hamda yopiliş marosimlari bölib ötdi.

30 noyabr kuni Yoşlar ijod saroyida “PROlogue – 2017” festivalining “qizil yölakça” marosimi taşkil qilinib, unda özbek kino olamining hamda şou-biznesining eng közga köringan vakillari mehmon bölişdi. 

Foto: Feruz Muhammad

Qizil yölakçagaça “Mercedes” maşinalarida kelgan maşhurlar, birma-bir qizil yölakçadan tantanavor musiqa sadolari bilan marosimning asosiy qismi bölib ötadigan sahnaga yöl olişdi. 

Foto: Feruz Muhammad

Rixsitilla Abdullayev hamda Rayhon Ulasenova boşlovçilik qilişdi. 

Foto: Feruz Muhammad

Ketma-ket qizil yölakçada Özbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva, xonandalar Şahzoda, Nilufar Usmonova, Dineyra, Şahriyor, Özbekiston xalq artistlari Rixsi Ibrohimova, Gavhar Zokirova, aktrisalar Saida Rametova, Fotima Rejametova, Dilorom Egamberdiyeva, Dilnoza Kubayeva, Asal Şodiyeva, Nigina Anarboyeva, Nigora Karimboyeva, Şahzoda Matçonova Muqaddas Sa'dullayeva, Feruza Sobitova, Xurşida Arabşoyevalar ötib turişdi. 

Foto: Feruz Muhammad

Aktyorlardan esa Karim Mirxodiyev, Jumadulla Rametov, Fotih Jalolov, Farhod Abdullayev, Aziz Rametov, Alişer Uzoqov, Farhod Mahmudov, Alişer Usmonovlar, rejissyorlardan Ali Hamroyev, Elyor Işmuhammedov, Odelşo Agişev, Yusuf Roziqov, Rustam Sa'diyev, Muxlisa Azizovalar birma-bir qizil yölakçadan ötişdi. 

Foto: Feruz Muhammad
Foto: Feruz Muhammad

Har yilgidan özgaça, katta tayyorgarlik bilan ötgan “PROlogue – 2017” “qizil yölakça” marosimidan söng, yopiliş marosimi boşlandi. 

Foto: Feruz Muhammad

Marosimda Dilnoza Kubayeva, Behzod Muhammadkarimov, Ra'no Şodiyeva hamda Akbarxöja Rasulovlar boşlovçilik qilişdi. 

Yopiliş marosimida Özbekiston xalq artisti Murod Rajabov hamda aktrisa Dilnoza Kubayevaning “Bor-bor dema” deb nomlangan qöşiqni birgalikda kuylagani köpçilik uçun kutilmagan çiqiş böldi. 

Özbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva hamda aktrisa Dilorom Egamberdiyevaning “Baxt özi nimadir” taronasini duet tariqasida kuylagani davomli qarsaklarga sabab böldi. 

Foto: Feruz Muhammad

“PROLogue – 2017” da “Eng yaxşi ssenariy” Maftuna Alloqulovaga “Xorazm jonginam” filmi uçun nasib etdi.

“Eng yaxşi operatorlik işi” nominatsiyasida “Limuzin” filmi uçun Baxtiyor Ataboyev taqdirlandi.

Foto: Feruz Muhammad

“Eng yaxşi erkak roli uçun” uçun mukofot Fotih Nasimovga “Ustunsiz uy” filmidagi roli uçun nasib etgan bölsa, “Eng yaxşi ayol roli”ga “Dilemma” filmidagi ijrosi uçun Oyparça Abdullayeva loyiq topildi.

“Eng yaxşi rejissyor” nominatsiyasida “Akvarium” filmi uçun Hasan Alijonov ğolib deb topildi.

Festivalga kelib tuşgan filmlarning eng yaxşisi deb Muxlisa Azizovaning yettita xalqaro kinofestivalda namoyiş qilingan “U” filmi topildi, hamda boş sovrin bilan taqdirlandi.

Foto: Feruz Muhammad

Pitçing tanlovida öz loyihalari bilan iştirok etgan yoşlar orasidan esa Şerzod Musayevning “Ögay” va Muhammad Yusupovning “Oq-qora spektakl” loyihalari ğolib deb topildi.

Şuningdek, marosimda taniqli ustoz san'atkorlar Ali Hamroyev, Elyor Işmuhammedov, Odelşo Agişev, Yusuf Roziqov, Damir Salimovga “Özbek kinosi rivojiga qöşgan hissasi uçun” mukofoti topşirildi.

PROlogue, kinofestival