Bugungi kunda butun dunyo aholisining 1 milliarddan ortiğida, ya'ni yetti kişidan kamida birida muayyan turdagi nogironlik mavjud bölib, barça nogironlarning 100 milliondan ortiğini bolalar taşkil etadi. Özbekistonda ham nogironligi bölgan şaxslarning manfaatlarini himoya qiliş, ularni jamiyatimizning tölaqonli a'zosi ekanliklarini körsatiş maqsadida turli tadbir va islohotlar amalga oşirilmoqda.
Özbekiston Musulmonlari idorasi tomonidan ham nogironlarni ijtimoiy himoya qiliş maqsadida turli tadbirlar amalga oşirib kelinmoqda. Şunday tadbirlardan biri Gemotologiya va qon quyiş ilmiy tekşiriş institutining klinikasida bölib ötdi. Unda Özbekiston Musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari nomidan leykemiya bilan oğrigan bemor bolalarga sovğalar, tibbiyot buyumlari ulaşildi. Bu haqda Diniy idora matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Uşbu savobli işlar “3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan amalga oşirildi.





















