AQŞning Miçigan ştati hukumatining 80 ming tomoşabinga möljallangan “Silverdoum” stadionini portlatiş orqali buzişga urinişi zoye ketdi. Inşootga bir neçta zaryad örnatilib, ular masofadan turib portlatildi. Biroq zaryadlardan bir qismigina işlagan. Şu sababli inşoot toş qotgança joyida turgan.

Stadionni buziş bilan şuğullangan Adamo Group kompaniyasida ta'kidlanişiça, portlaşlar stadionning asosiy ustunlarini buza olmagan. Bunga esa ba'zi zaryadlarning elektr simlaridagi muammo tufayli portlamay qolgani sabab bölgan. Endi stadion boşqatdan yana portlatib köriladi yoki ustunlari ekskavatorlarda buziladi.

Detroit Free Press naşrining yozişiça, 1975 yilda barpo etilgan stadionning buzilişi munosabati bilan bu hodisani öz közlari bilan körgani yuzlab odamlar ertalabdan voqea joyiga kelişgan. Şuningdek, stadionning buzilişi internet orqali ham namoyiş qilingan. 

Stadion Pontiak şahrida joylaşgan bölib, “Detroyt Layons” futbol jamoasining uy maydoni bölgan. Stadionda AQŞda ötgan 1994 yilgi jahon çempionatining 4 öyini ötkazilgan.