AQŞdagi oraliq saylovlar prezidentlik muddatining örtasida ötadi va Kongress tarkibini belgilaydi. Bu yil Vakillar palatasidagi barça 435 örin hamda Senatdagi 100 örindan 35 tasi uçun ovoz beriladi, qator ştatlarda gubernatorlar ham saylanadi. Hozir Senatda 53 örin respublikaçilarga tegişli. Köpçilik uçun demokratlar öz örinlarini saqlab, yana törttasini tortib olişi kerak.
Miçigan bu saylovlarda alohida örin tutadi. Ştatdagi örin demokrat senator Geri Piters 2025-yil yanvarida qayta saylanmasligini maʼlum qilgani uçun böşamoqda. Bu yerda Senatdagi böş örin uçun demokrat, soğliqni saqlaş sohasidagi sobiq mansabdor Abdul As-Said va respublikaçi, sobiq kongressmen Mayk Rodjers kuraşmoqda.
Sönggi sörovnomalar As-Said oldinda ekanini körsatmoqda. New York Times va Siena universitetining 1-noyabrda eʼlon qilingan yakuniy sörovida As-Said 53 foiz, Rodjers 42 foiz ovoz olgan.
As-Said kim va uni kimlar qöllaydi?
As-Said siyosatga tibbiyot va jamoat salomatligi sohasidan kirib kelgan. U 1984-yilda Miçiganda, Misrdan köçib kelgan muhojirlar oilasida tuğilgan. Miçigan universitetini bitirgan, Oksfordda jamoat salomatligi böyiça doktorlik darajasini, Kolumbiya universitetida esa tibbiyot diplomini olgan.
2015-yilda Detroyt meri uni şahar soğliqni saqlaş departamentiga rahbar etib tayinlagan. 2018-yilda esa gubernatorlikka nomzod bölib, partiya içidagi dastlabki saylov - praymerizda hozirgi gubernator Gretçen Uitmerga yutqazgan. Söng podkast, kitob va televidenie orqali auditoriyasini kengaytirdi.
Piters Senatdan ketişini maʼlum qilgaç, As-Said 2025-yil aprelida Senatga nomzodligini eʼlon qildi. «Dunyodagi eng boy va eng qudratli mamlakatda yaşab qoliş haddan taşqari qiyin. Kun köriş bunçalik oğir bölmasligi kerak», degandi u öşanda AP’ga. Uni birinçi kundan senator Berni Sanders, 2026-yil iyulidan esa Vakillar palatasi aʼzosi Aleksandriya Okasio-Kortes qöllab-quvvatlab kelmoqda.
4-avgustdagi praymerizda As-Said öz partiyadoşi, Vakillar palatasi aʼzosi Heyli Stivensni bir foizdan kamroq farq bilan ortda qoldirdi.
















