Toşkent şahar hokimi 11.10.2017 yildagi 158-f-son farmoyişga imzo çekdi, u atrof-muhitni himoya qiliş va şahar köçalari ifloslanişining oldini olişga qaratilgan. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

Hujjatga köra, Toşkent şahridagi barça quriliş maydonlariga katta yuk avtomobillari ğildiraklarini şahar magistrallariga çiqişdan oldin yuviş majburiyati yuklandi. Mazkur talabni bajariş uçun quriliş taşkilotlari ğildiraklarni yuvişga möljallangan maxsus asbob-uskunalarni sotib olişlariga töğri keladi.

Poytaxt hokimligida ötkazilgan brifing çoğida Davlat ekologiya qömitasi huzuridagi maxsus komissiya vakili A.Mustafin faqat estetik jihatlarni inobatga olib emas, balki mintaqaning iqlimiy öziga xosliklaridan kelib çiqib şunday talab qöyilganligini ta'kidladi.

– Tuproqning tabiiy xususiyatlari sababli Özbekistonga yuqori darajadagi çanglik xos. Katta yuk ortiladigan quriliş maşinalari öz ğildiraklari bilan loylarni umumiy foydalanişdagi avtotrassalarga olib çiqqanida vaziyat yanada murakkablaşadi, – dedi u.

Hokim örinbosari Farida Abdurahimova ta'kidlaganidek, bugungi kunda Toşkentda hujjatning ijrosi böyiça çoralar körilgan. Namuna tariqasida Sergeli tumanidagi yirik quriliş obekti keltirilgan, u yerda arzon turar joylar kompleksi qurilmoqda. Uşbu obektda tegişli asbob-uskunalar sotib olingan va foydalanilmoqda.

Qaror bilan yangi talablarni e'tiborsiz qoldirgan quruvçilar uçun jazo közda tutilgan. Ularga nisbatan jarimalar yoki talab bajarilguniga qadar barça quriliş işlarini töxtatib turiş qöllaniladi.

Ma'lumot uçun: quriliş-montaj işlarini bajarişda talablarni buziş mansabdor şaxslarga EKIHning 3 dan 5 baravarigaça jarima solişni közda tutadi (MJtK 99-modda 1-qism).

Hujjatda, şuningdek, notöğri transportirovka qilinganida köçalarni ifloslaşi mumkin bölgan quriliş materiallari va quriliş çiqindilarini taşiş qoidalariga ham töxtalib ötilgan. Bunday yuklarni yoki maxsus texnikada (yopiq kuzovli) yoxud oddiy yuk maşinalarida oldindan yuklarni namlab va ustini tent bilan yopib taşiş darkor.

Poytaxt hokimligi vakili ta'kidlaganidek, farmoyiş bajarilişini nazorat qiliş maxsus guruh zimmasiga yuklatilgan bölib,  u har 10 kunda barça yirik quriliş obektlarini monitoring qiladi.