5-6 dekabr kunlarida Yevropa Çempionlar ligasida guruh bosqiçining oxirgi tur uçraşuvlari ötkazildi va pley-offga çiqqan 16 jamoa nomi ma'lum böldi. Oxirgi tur öyinlaridan keyin «MYu», «Bazel», «Roma», «Çelsi», «Yuventus», «Liverpul», «Sevilya», «Portu» va «Şaxtyor» jamoalari keyingi bosqiç masalasini hal qildi.

A guruhi. «Benfika»ning «yevrodahşati»
«MYu» 2-1 TsSKA, «Benfika» 0- 2 «Bazel»

Ötgan asrda Bela Guttmanning qarğişiga qolgan «Benfika» («Benfika»ni 1961 va 1962 yillarda Yevropa Çempionlari kubogi/Çempionlar Ligasi ğolibi qilgan vengriyalik mutaxassis keyingi yilda haydab yuboriladi. U öşanda jamoaga keyingi 100 yilda biron marta xalqaro maydonda ğolib böla olmaslikni tilaydi. Şundan beri portugallar 8 marta finalda yutqazgan - 5 marta YeÇK/YeÇLda, 3 marta UYeFA Kubogi/Yevropa Ligasida) bu mavsumda parokandalikka uçradi. Jamoa 5 turdan keyin biron oçkosiz, töplar nisbati 1-12 holatida edi. «Bazel»ga qarşi oxirgi tur öyinida Portugaliya çempioni öz muxlislari uçun öynaşi talab etilardi. Ammo şveysarlarga ğalaba zarur edi va ikkita bölimda bittadan gol urgan mehmonlar guruhda ikkinçi örinni egallagan holda keyingi bosqiçga yöl oldi. Mavsumlar oraliğida Ederson, Lindelef, Semedu va Mitröğlining ketgani lissabonliklar öyiniga jiddiy ta'sir körsatdi. «Benfika» Gutmanning qarğişidan xalos bölişi uçun 2062 yilgaça kutişi kerak böladi.

«MYu» esa 3 yillik tanaffusdan keyin YeÇLga qaytişini yaxşi ötkazdi. Jamoa oxirgi turda TsSKA ustidan 2:1 hisobida ğalaba qozondi va guruhda birinçi örinni egalladi. Moskvaliklar jamoasi iştirokini Yevropa Ligasida davom ettiradi.

V guruhi. «Karlo ota uçun qasos»
«Bavariya» 3-1 «PSJ», «Seltik» 0-1 «Anderlext»

Kunning markaziy uçraşuvidagi 4 goldan 3tasini fransuzlar urişdi. «Bavariya»ning fransiyalik legioneri Tolisso dublga erişdi, Mbappe parijliklarning yagona goliga mualliflik qildi. «PSJ» köp hujum qildi, ammo yutqazdi. Yutqazsada Unay Emeri şogirdlari töplar nisbatidagi ustunlik evaziga keyingi bosqiçga birinçi örin bilan çiqdi. Ammo bu mağlubiyat tufayli jamoa tarixiy natijani – guruhda 6 öyinda 6 ğalabaga erişiş natijasini qayd eta olmadi. Lekin «PSJ» urilgan gollar soniga köra turnirda rekord örnatdi – 25 gol (har bir öyinga örtaça 4,17 gol). Turnirning bu bosqiçida parijliklardan köra tomoşabop öyin körsatgan jamoa bölmadi. Bu jamoaga Neymar kelib qöşilgani evazigadir. Ammo Neymarga guruhning barça 6 öyinida gol uriş nasib etmadi. Bu maqomni keyingi kungi öyinlarda boşqa bir futbolçi qölga kiritdi.

Aytiş mumkinki, nemislar jamoasi birinçi davrada «PSJ»ga qarşi öyindagi mağlubiyatdan (0:3) keyin iste'foga çiqarilgan Karlo Ançelotti uçun öziga xos tarzda qasos olişdi.

Guruh autsayderlari «Seltik» va «Anderlext» örtasida Yevropa Ligasi uçun jang böldi. Şotlandiyada keçgan uçraşuvda belgiyaliklar 3ta töp farqi bilan ğalaba qozonsa guruhda uçinçi örinni egallaşi mumkin edi. Ammo öyinda mehmonlarning bir gol ustunligidagi ğalabasi qayd etildi va «Seltik» Yevropa Ligasida iştirokini davom ettiradigan böldi. «Anderlext» esa keyingi 12 yilda ilk marta YeÇLda ğalabasini nişonlaş bilan çeklandi.

S guruhi. Simeone va Çempionlar Ligasi bir-biridan ayro|
«Çelsi» 1-1 «Atletiko», «Roma» 1-0 «Qoraboğ»

S guruhi 6 turdan keyin yetakçi özgargan yagona jamoa böldi. Londondagi durang «Çelsi»ni ham, «Atletiko»ni ham qoniqtirmasdi, barçasi «Roma»ning öz qölida edi. Rimda sensatsiya kuzatilmadi. «Roma»ning autsayder ustidan kiçik hisobdagi ğalabasi guruhda birinçi böliş uçun kifoya qildi. 

«Stemford Brij»dagi öyin syujyeti «Atletiko»ning bu mavsumdagi holatini aks ettirdi. Madridliklar raqib darvozasiga ham, öz darvozasiga ham gol urişdi. Ular bu mavsumda faqat özlariga muammo yaratiş bilan maşğul va natijada keyingi 7 yil içida ilk marta YeÇL guruhida qolib ketişdi. Oxirgi yillarda jamoasini doimo turnirning yarim final va finallarida öynatgan Simeone ham ilk marta Yevropa Ligasida iştirok etadigan böldi.

D guruhi. Buffon - pley-off
«Olimpiakos» 0-2 «Yuventus», «Barselona» 2-0 «Sporting»

Ikki bölimda ham ğalabaga erişiş - eng yaxşi ğalabadir. «Yuventus» Gretsiyada bunga öz kuçi bilan erişdi. Öyin qahramoni bu öyinda maydonga tuşmagan Buffon böldi. Gap şundaki, «Olimpiakos» klubi rahbariyati uni faoliyatidagi yutuqlari uçun mukofotladi. Grek klubi vitse-prezidenti Savvas Teodoridis Jijining muxlisi çiqib qoldi.

«Barselona»dagilar Messini ehtiyot qiliş kerakligini yaxşi tuşunişadi, 5-turda ham zaxirada qoldirilgan argentinalik futbolçi ikkinçi bölimda Pako Alkaserning golidan keyin maydonga tuşirildi. U gol urmadi, uni xafa böldi deb bölmaydi. Uning örniga sobiq jamoadoşi Jyeremi Mate gol urib berdi, u «Barsa» uçun «Sporting»ga ötganidan keyin ham gol urmoqda. Qayd etiş kerakki, bu avtogol joriy mavsumda kataloniyaliklar foydasiga urilgan oltinçi avtogol böldi. Ijtimoiy tarmoqlarda «Barselona»ning «Avtogol» ismli futbolçisi Luis Suaresdan samaraliroq ekani haqida hazillar yozişmoqda.

E guruhi. «Spartak»ning «qörqinçli tuşi»
«Liverpul» 7-0 «Spartak», «Maribor» 1-1 «Sevilya»

«Liverpul» Çempionlar Ligasi guruh bosqiçini mağlubiyatsiz va peşqadam sifatida yakunladi. «Liverpul» musobaqaning joriy mavsumida eng yirik natijani qayd etib, Sloveniyada «Maribor» ustidan 7:0 hisobida zafar quçgandi. Oradan köp ötmay, Yurgen Klopp şogirdlari bu muvaffaqiyatni ikkinçi bor takrorladi va Rossiyaning amaldagi çempioni hisoblangan «Spartak» darvozasiga ham javobsiz 7 ta gol urişning uddasidan çiqa olişdi.

Guruhdagi ikkinçi bellaşuvda «Sevilya» durang qayd etdi va navbatdagi bosqiçga yöllanma oldi. «Spartak» esa xalqaro maydondagi yurişini Yevropa Ligasida davom ettiradi.

F guruhi. Gvardiola va'dasida tura olmadi, Fonseka turdi
«Şaxtyor» 2:1 «Mançester Siti», «Feyyenoord» 2:1 «Napoli»

«Şaxtyor»ga keyingi bosqiçga çiqiş uçun durang ham kifoya qilardi. «Konçilar» Angliya klublariga şu vaqtga qadar öz uyida heç qaçon yutqazmagandi (4 ğalaba va 2 durang) va navbatdagi öyinda bu an'ana davom ettirildi. Bu öyingaça «Mançester Siti» yöllanmani hal qilib bölgan va keyingi haftada «MYu»ga qarşi öyinga asosiy öyinçilarini asraş uçun Xosep Gvardiola ikkinçi tarkib futbolçilari bilan safar qilgandi. Öyin «Siti»ning 1:2 hisobidagi mağlubiyati bilan yakunlandi va «şaharliklar» joriy mavsumda 22 uçraşuvdan iborat mağlubiyatsiz seriyasini (21 ğalaba va 1 durang) töxtatdi.

Öyin arafasida Gvardiola Donetskda ğalaba qozonib, «Napoli»ga yordam bermoqçiligini aytgandi. Ammo Rotterdamdagi öyindan avval Lorentso Insineni yöqotgan Maurisio Sarri jamoasi öz uçraşuvida ham ğalaba qozona olmadi. «Feyyenoord» ilk oçkolarini qölga kiritdi, italyanlar esa Yevropa Ligasiga yöl oladigan böldi.

«Şaxtyor» murabbiyi öyindan keyingi matbuot anjumaniga «Zorro» niqobi ostida taşrif buyurdi. 

Noyabr oyi boşida Paulu Fonseka va'da bergandi: «Agar biz Çempionlar ligasida pley-offga çiqsak, men matbuot anjumaniga Zorro qiyofasida kelaman». 

«Şaxtyor» oxirgi turda «Siti»ni mağlub etib, vazifani uddaladi, Fonseka va'dani bajardi. 

G guruhi. «Beşiktoş» mağlubiyatsiz yakunladi
«Portu» 5:2 «Monako» «RB Leyptsig» 1:2 «Beşiktoş»

«Portu» va «Leyptsig» bir xilda oçko töplagan va ikkinçi örin uçun kuraşayotgandi. Portugaliyaliklar oxirgi turda iştiyoqsiz «Monako»ni yengişi talab etilardi va bu iş ortiği bilan uddalandi - 5:2.

«Beşiktoş» barça prognozlarni yöqqa çiqardi va guruh öyinlarini mağlubiyatsiz ötkazib, birinçi örinni egalladi. Turklar birinçi, portugallar ikkinçi örin bilan keyingi bosqiçga çiqdi, «Leyptsig» imkoniyatini Yevropa Ligasida sinab köradi, ötgan mavsumda YeÇL yarim finaliga çiqqan «Monako» esa yozda öz yetakçilarini sotib kuçsizlanişi tufayli guruhda oxirgi örinda qoldi.

H guruhi. Ronalduning navbatdagi rekordi
«Real» 3:2 «Borussiya», «Tottenhem» 3:0 APOEL

«Real» bu öyinda şunçaki öynaşi kerak edi, birinçi örin uçun imkoniyat boy berilgan, ikkinçi örin naqd qilingan. Bu öyinda faqat Kriştianu Ronalduda iştiyoq bor edi. U turnirning guruh bosqiçida barça öyinlarda gol uriş orqali, Neymarga nasib qilmagan natijaga erişib, rekordçiga aylanişi mumkin edi. Va şunday böldi ham. U 6 uçraşuvda 9 gol urdi, uning joriy kalendar yilida YeÇL öyinlarida urgan gollari soni 19taga yetdi.

«Borussiya» Çempionlar ligasi tarixida 2 oçko bilan ham Yevropa Ligasiga yöllanma olgan ilk jamoaga aylandi. Bu oçkolar APOELga qarşi öyinlarda qölga kiritilgan, «Tottenhem» va «Real»ga qarşi öyinlarda nemislar yutqazgan. Hatto «Viktoriya Plzen» va «Ludogorets» ham öz vaqtida 3 oçko töplagan holda uçinçi örinni egallagandi.

«Borussiya» barça turnirlar doirasida qatorasiga 8 öyinda ğalaba qozona olmadi. Bu jamoaning 2009 yildan buyon eng yomon körsatkiçidir.

Kiprliklar «Uembli»da «Tottenhem»ga qarşi heç narsa qila olişmadi. Harri Keyn yöq bölsada, Fernando Lorente, Son Xen Min va Nkudu uning yöqligini bildirişmadi va londonliklar jamoasi guruhni mağlubiyatsiz yakunlab qöyişdi.

Ilk marta bir mamlakatdan 5 jamoa YeÇL pley-offida qatnaşadi

Yevropa Çempionlar ligasining 1/8 finalida iştirok etadigan 16 jamoadan 5tasi Angliya çempionati vakili. Turnir tarixida bu bosqiçda bir mamlakatdan 5 jamoa iştirok etişi ilk marta kuzatilmoqda.

Keyingi bosqiçga Angliyaning 5 jamoasi – «Liverpul», «Mançester Siti», «Mançester Yunayted» va «Tottenhem» jamoalari guruhlarda birinçi örin bilan, «Çelsi» ikkinçi örin bilan yöl olgan.

Angliyaning turnirda iştirok etgan barça jamoasi guruhdan çiqişi bundan avval 2006/07 yilgi mavsumda kuzatilgan, ammo öşanda APLdan faqat 4 jamoa turnirda qatnaşgandi.

«MYu» bu mavsumda ötgan yilgi Yevropa Ligasi ğolibi sifatida Angliyaning beşinçi vakili bölib iştirok etmoqda. YeÇLning 1/8 finalida Angliyaning barça jamoasi iştirok etişi 6 marta, Ispaniyada 4 marta va Germaniyada 2 marta röy bergan.

Guruh bosqiçi sermahsullik rekordini yangiladi

2017/18 mavsum guruh bosqiçida ötkazilgan 192ta öyinda 306ta gol urildi. Bu turnir tarixidagi eng yaxşi körsatkiç böldi.

«Real» hujumçisi Kriştianu Ronaldu 9ta gol bilan guruh bosqiçining eng yaxşi töpurari böldi.

«PSJ» 25ta gol bilan eng sermahsul jamoaga aylandi. 23 ta gol urgan «Liverpul» bu borada ikkinçi böldi.