Buyuk Britaniyaning Skytrax konsalting kompaniyasi jahondagi eng yaxşi biznes-klass aviakompaniyalari reytingini e'lon qildi. Qatarning «Qatar Airways» aviakompaniyasi birinçi örinda qayd etildi, deb yozadi Korrespondent.net.

Şunisi ma'lumki, reytingni tuziş asnosida kompaniya mutaxassislari jahonning yuzdan ziyod davlatlarida yaşovçi 19,2 milliondan ortiq aviayölovçilar örtasida sörovnoma ötkazişgan.

Umumiy hisobda örindiqlar komforti darajasi, samolyotga ötqaziş jarayoni va boşqa şu kabi 41ta mezon böyiça baholangan 280ta aviakompaniya körib çiqilgan.

Ikkinçi örinda Yaponiyaning ANA — «All Nippon Airways» aviakompaniyasi qad etilgan bölsa, uçlikni Singapurning «Singapore Airlines» kompaniyasi yakunlab bergan.

Dastlabki önlikka şuningdek, «Etihad Airways» (BAA), «Lufthansa» (Germaniya), «Turkish Airlines» (Turkiya), «Garuda Indonesia» (Indoneziya), «Cathay Pacific» (Hongkong), «Emirates» (BAA) va «EVA Air» (Tayvan) ham kirgan.