Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri R.Jörayev A-373 avtomobil yölining «Qamçiq» dovonidan ötgan qismida 2017-2018 yillar qiş mavsumida transport vositalarining uzluksiz va xavf-xatarsiz harakatlanişini ta'minlaş böyiça olib borilayotgan işlar bilan tanişdi. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar berdi.

Jumladan, qiş mavsumida ob-havoning noqulay şaroitida «Qamçiq» dovonidan ötuvçi yölovçilar uçun Toşkent viloyatining Angren şahri, Ohangaron tumani hamda Namangan viloyatining Pop tumanida taşkil etilgan fuqarolarni qabul qiliş punktlari holati va yaratilgan oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasi közdan keçirildi.

Foto: FVV

Şuningdek, A-373 «Toşkent-Öş» avtomobil yölining «Qamçiq» dovonining barqaror faoliyat körsatişini, dovon orqali avtotransport vositalari va yölovçilarning xavfsiz hamda uzluksiz harakatlarini ta'minlaşga jalb etilgan xizmatlarning texnikalari sozligi, xodimlar uçun yaratilgan şart-şaroitlar, ularning tegişli asbob-uskunalar bilan ta'minlanganligi holati ham tekşirildi.

Foto: FVV

Xabarda qayd etilişiça, qiş mavsumida A-373 «Toşkent-Öş» avtomobil yölining «Qamçiq» dovonining uzluksiz faoliyat körsatişi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan doimiy nazoratga olingan.